Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Livan bilan muzokaralar tez orada boşlanişini ma’lum qildi.

«Livan Isroil bilan bevosita muzokaralarni boşlaşga bir neça bor çaqirganidan söng, keça men Vazirlar Mahkamasiga Livan bilan imkon qadar tezroq bevosita muzokaralarni boşlaşni topşirdim», deyiladi boş vazir bayonotida.

Uning sözlariga köra, muzokaralar «Hizbulloh»ni qurolsizlantiriş, Isroil va Livan örtasida tinçlik munosabatlarini örnatişga qaratilgan.

Axios jurnalisti Barak Ravidning xabar berişiça, isroillik amaldor sözlariga köra, muzokaralarning boşlanişi Livanda öt oçişni töxtatişni anglatmaydi.

Livanning yuqori martabali amaldori Reuters agentligiga ma’lum qilişiça, Livan sönggi 24 soat içida Isroil bilan kengroq muzokaralar uçun şaroit yaratiş maqsadida vaqtinçalik öt oçişni töxtatiş tarafdori bölgan.

Isroilning yuqori martabali amaldori Axios naşriga Isroil va Livan örtasidagi bevosita muzokaralar kelasi hafta Vaşingtonda boşlanişini aytdi.

Muzokaralarda Livanning «Hizbulloh» guruhi iştirok etişi ma’lum qilinmadi.

8 aprelga ötar keçasi AQŞ va Eron öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişganini e’lon qildi. Şu bilan birga, Isroil Livanga zarba berişda davom etdi. AQŞ hukumati öt oçişni töxtatiş Livanga taalluqli emasligini aytdi. Isroil Livan bilan emas, balki Livan hududidagi «Hizbulloh» guruhi bilan jang qilayotganini ta’kidladi.

Livan rasman Isroil davlatini tan olmaydi.