Ma’lum qilinişiça, uşbu muassasa ayollar uçun möljallangan umumiy tartibdagi jazoni ijro etiş koloniyasi hisoblanadi. Ayni vaqtda u yerda 800 nafar mahkum jazo ötamoqda, şundan 95 nafari xorijiy fuqarolar bölib, 10 nafari Özbekiston fuqarolaridir.

Taşrifdan közlangan asosiy maqsad vatandoşlarning saqlaniş şaroiti, soğliği va umumiy holati bilan yaqindan tanişiş, şuningdek, ularga konsullik-huquqiy yordam körsatişdan iborat böldi.

Suhbat davomida mahkumalarning yaşaş şaroiti, tibbiy holati va huquqiy masalalari örganildi. Ularga amaldagi qonunçilik, huquq va majburiyatlari yuzasidan tuşuntirişlar berildi, kelib tuşgan murojaatlar ham körib çiqildi.

Şuningdek, konsullik xodimlari çet davlatlardagi harbiy harakatlarda iştirok etiş Özbekiston qonunçiligiga köra jinoiy javobgarlikka sabab bölişi mumkinligini alohida ta’kidladi.

Muloqot çoğida mahkumalar jazoni Özbekistonda davom ettiriş, ya’ni ekstraditsiya qiliş imkoniyatini körib çiqişni söraşdi. Biroq hozirça Özbekiston va Rossiya örtasida bu masalani tartibga soluvçi huquqiy asos mavjud emasligi qayd etildi.

Taşrif davomida yurtdoşlardan biri nomidan uning voyaga yetmagan farzandiga vaqtinçalik vasiylikni rasmiylaştiriş böyiça ham tegişli çoralar körildi. Bu bolani maktabgaça ta’lim muassasasiga joylaştiriş uçun zarur ekani aytildi. Tegişli hujjatlar yaqin kunlarda Özbekistondagi qarindoşlariga yuborilişi rejalaştirilgan.

Uçraşuv yakunida fuqarolarga, ularning huquqlari buzilgan yoki turli muammolar yuzaga kelgan taqdirda, Özbekistonning Vladivostokdagi Boş konsulxonasiga murojaat qilişi mumkinligi ma’lum qilindi.