12 aprel kuni Vengriyada parlament saylovlari bölib ötdi: ovoz beriş jarayoni yakunlariga köra «Fides» partiyasi va uning yetakçisi, mamlakatni 16 yil mobaynida boşqargan Viktor Orban oğriqli mağlubiyatga uçradi. Muxolifatdagi «Tisa» partiyasi ğalaba qozondi. Uşbu kuçlar parlamentda konstitutsiyaga özgartirişlar imkonini beradigan darajada köpçilik örinlarni qölga kiritdi, partiya rahbari Peter Mojar esa mamlakatning yangi boş vaziri böladi. «Meduza» u haqda nimalar ma’lumligi va uning boşqaruvi davrida Vengriyaning Rossiya hamda Ukraina bilan munosabatlarida qanday özgarişlar bölişi mumkinligi haqida yozdi.
Peter Mojar kim özi?
45 yoşli Mojar Vengriya siyosatiga çuqur boğlangan oilada tuğilgan. Uning onasi Monika Eryoş oliy sud boş kotibi bölib işlagan, amakivaççasi Ferens Madl esa 2000-2005 yillarda Vengriya prezidenti lavozimini egallagan. Mojar ham huquqşunoslik sohasida diplom olgaç, siyosiy karerasini qurişga kirişgan.
2000-yillar boşida u bolaligidan özi havas qilgan Viktor Orbanning «Fides» partiyasiga qöşilgan. 1989 yilda hali yoş huquqşunos bölgan Orban sovet qöşinlarini mamlakatdan olib çiqiş va erkin saylovlar ötkazişni talab qilib, Vengriyada kommunistlarga qarşi harakat qahramoniga aylangandi. 1990-yillarda, şunday saylovlar bölib ötganida Orban parlament deputatligiga saylanadi va «Fides» rahbariga aylanadi, Mojar esa (öşanda u hali töqqiz yoşda bölgan) uning fotosuratini xonasi devoriga osib qöyadi.
«Fides»ga qöşilganidan keyin Mojar Vengriya TIVda hamda mamlakatning Yevroittifoq qoşidagi vakolatxonasida işlaydi, ammo yuqori lavozimlarga kötarilmaydi. Uning rafiqasi Yudit Varganing karerasi muvaffaqiyatliroq çiqadi (ular 17 yillik turmuş davomida uç farzandni tarbiyalaşgan). 2019 yilda u Orban hukumatida adliya vaziri lavozimini egallagan. 2023 yilda ular ajraşişgan.
U qanday qilib Viktor Orbanni mağlub etoldi?
2023 yil yanvarida, Varga bilan ajraşişidan ikki oy oldinroq, Mojar rafiqasi bilan suhbatini yaşirinça yozib oladi, unda Varga Orban ma’muriyati rahbari Antal Roganning yordamçilari prokuraturadan öz boşliğining ismini korrupsiyaga oid şov-şuvli jinoiy iş materiallaridan çiqarib taşlaşni söraganini aytadi. 2024 yil martida, Varga boşqa mojaro tufayli iste’foga çiqqanida, Mojar u bilan öşa suhbati yozuvini feysbukka joylaştiradi. Uning posti ikki million marta köriladi.












