Qarorga ko‘ra, Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiga Farruh Zokirov nomi beriladi.
Maktabda:
- «Yalla» nomidagi bolalar ansambli faoliyati tashkil etiladi;
- Yoshlar ijodiy laboratoriyasi hamda «ustoz-shogird» an’analari asosida estrada yo‘nalishi bo‘yicha ijrochilik mahorat maktabi tashkil etiladi;
- Maktabning ustoz-ijodkorlari Davlat budjeti hisobidan har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi;
Yoshlar ijodiy laboratoriyasi doirasida:
- 2026/2027 o‘quv yilidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 3 nafardan bolalar musiqa va san’at maktabining iqtidorli o‘quvchilaridan iborat guruh shakllantirilib boriladi hamda ta’til davrida yozgi to‘garakka jalb etilib, estrada xonandaligi bo‘yicha maxsus bepul kurslarda o‘qitiladi;
- 2026/2027 o‘quv yiligacha zamonaviy ovoz yozish va tasvirga olish studiyasi tashkil etiladi hamda u sahna jihoz va liboslari bilan ta’minlanadi;
- Maktab va yozgi to‘garakka jalb qilingan o‘quvchilarning ijod namunalari televideniye va xalqaro onlayn platformalarda namoyish etib boriladi.











