Özbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegişli buyruğiga köra, Eralijon Muxtoroviç Turdiyev Hisob palatasining Soğliqni saqlaş vazirligidagi vakili sifatida boş inspektor lavozimiga ötkazildi.
Eralijon Turdiyev 2012 yilda Toşkent moliya institutining bakalavriat va 2014 yilda magistratura bosqiçini tamomlagan, iqtisodiyot fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) darajasiga ega.
Mehnat faoliyati davomida Moliya vazirligi Ğaznaçiligining amaliyot boşqarmasida turli mas’ul vazifalarda işlagan.
Turdiyev tayinlovga qadar Hisob palatasining Özbekiston Respublikasi prezidentining hujjatlari va topşiriqlarini bajarişda ijro intizomiga rioya etilişini nazorat qiliş şu’basi yetakçi inspektori sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
«Uning zimmasiga birinçi navbatda budjet qonunçiligi buzilişi holatlarining oldini oliş va ularning profilaktikasi, mablağlardan foydalanişda xavflarni baholaş va samaradorlikni tahlil qiliş, davlat xaridlari jarayonlarining qonuniyligini ta’minlaş hamda korrupsiyaviy xatarlarni örganiş kabi qator vazifalar yuklatildi», – deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.












