Blokada… Qamal qiliş… Ötmişda bu tuşunça harbiy va siyosiy leksikonda juda köp işlatilar edi. Örta asrlarda qamal qiliş orqali biron bir şaharni qölga oliş – eng keng tarqalgan taktika hisoblanardi. 20-asrda ham blokada borasida insoniyat xotirasida qolib ketgan yorqin misollar serob.
Ikkinçi jahon uruşi davrida, Gitler Germaniyasi sobiq SSSRga bostirib kirgaç, sobiq ittifoqdagi ikkinçi yirik şahar hisoblanmiş Leningradni (bu şahar hozir Sankt-Peterburg deb ataladi) 1941 yilning sentabridan to 1944 yilning yanvariga qadar, jami 872 kun qamal qiladi. Bundan maqsad – Leningrad aholisini holdan toydiriş, oçdan öldiriş orqali taslim qiliş, natijada SSSRga ruhiy zarba beriş niyat qilingan edi.
Leningradliklar juda qattiq qiynalişadi, oçlik şu darajaga yetadiki, kannibalizm – öliklar göştini yeyiş holatlari köp kuzatiladi. Biroq, Leningrad aholisi taslim bölmaydi. Hitlerning Leningradni blokada qiliş siyosati u istagan natijani bermaydi. Alaloqibat, fyurer bu bosqinçilik uruşida yengiladi.
Yana bir misol – Kuba blokadasi. Sovuq uruş avjida. Sobiq SSSR va u boşçiligidagi sotsialistik lager bir tomondan, AQŞ va u boşçiligidagi kapitalistik dunyo boşqa tomondan butun sayyoramiz böylab tizimli tiraşmoqda. Bu sovuq uruşning eng yuqori çöqqisi – Karib inqirozi. 1962 yilda SSSR Kubada strategik qurollarni joylaştirişi AQŞni qörqitib yuboradi, va bunga javoban, AQŞ Kubani blokada qiladi. Öşanda Qöşma Ştatlar 238 dan ortiq kema, jumladan, 8 ta aviataşuvçi yirik kemalar bilan Kuba orolini qamal qilib, faqat oziq-ovqat mahsulotlari kiritilişiga ruxsat beradi.
Bu blokadadan maqsad – SSSRning strategik qurollarini Kubaga kiritmaslik edi. Ikki tomon yadroviy töqnaşuvga juda yaqin qolgan öşa lahzalarda, insoniyatning yöq bölib ketiş ehtimoli oşib borardi. Tomonlar bunday ssenariydan qörqib, eskalatsiyani pasaytirişga kelişib olişadi, va köp ötmay Kuba blokadasi yakunlanadi.
Bugun dunyo Hörmuz blokadasidan xavotirda. Bugun Hörmuz böğozi ikki karra blokada ostida qoldi. 28 fevralda AQŞ va Isroilning Eronga hujumi natijasida, Eron Hörmuz böğozini blokladi: bu orqali AQŞ va dunyo iqtisodiyotiga bosim körsatdi.
Hozir AQŞ bu uruşda uçinçi bosqiçga ötib bormoqda. Birinçi bosqiçda – boşsizlantiriş va şu orqali Eron siyosiy tizimini yiqitiş reja qilingan edi, lekin öxşamadi. Keyin, ikkinçi bosqiçga ötildi: bunda Eronni holsizlantiruvçi uzoq muddatli bombalaş, natijada davlat institutlarini izdan çiqariş közda tutildi. Bu ham öxşamadi.
Bu orada Eron Hörmuz böğozini blokada qilişi AQŞga va dunyo iqtisodiyotiga katta ta’sir körsatdi. Natijada prezident Tramp Eron bilan kelişuv izlaşga tuşdi.












