Ma’lumotlar AQŞ Moliya vazirligi, AQŞ Qöşma iqtisodiy qömitasi, TIC statistikasi va Federal zaxira tizimi ma’lumotlariga asoslangan bölib, 2026 yil mart holatiga köra keltirilgan. Ösib borayotgan taqçillikni moliyalaştiriş uçun AQŞ içki institutlardan tortib xorijiy davlatlar va özining markaziy bankigaça bölgan keng doiradagi kreditorlarga tayanadi.
39 trillion dollarlik umumiy qarz hajmining qariyb 31,4 trillioni yoki 81 foizi ommaviy qarz hissasiga töğri keladi. Bu içki va taşqi investorlardan jalb qilingan mablağlarni anglatadi. Qolgan 7,6 trillion dollar yoki 19 foiz esa davlat içidagi qarz bölib, hukumat oldidagi majburiyatlarini aks ettiradi. Bu summa dunyodagi eng boy yigirma milliarderning jami boyligidan taxminan ikki baravar köpdir.
Ommaviy qarz — bu taşqi egalar oldidagi majburiyatlar bölib, u foiz stavkalari, qarz oliş qiymati va moliya bozorlariga bevosita ta’sir körsatadi. Davlat içidagi qarz esa, aksinça, hukumatning öz tuzilmalariga, eng avvalo ijtimoiy himoya kabi dasturlarga bölgan qarzidir.
Ommaviy investorlar orasidagi eng yirik qarz egalari özaro fondlar va pensiya jamğarmalari bölib, ular hissasiga qariyb 6,6 trillion dollar töğri keladi. Bu işonçli va yuqori likvidli aktivlarga bölgan katta talabni aks ettiradi. Federal zaxira tizimi öz balansida taxminan 4,4 trillion dollar uşlab turibdi — bu Yaponiya, Buyuk Britaniya va Xitoy kabi uçta eng yirik xorijiy kreditorning jami körsatkiçidan ham köproq.
Xususiy investorlar orasida amerikalik tadbirkor Uorren Baffet alohida ajralib turadi: Berkshire Hathaway kompaniyasi orqali u 2025 yil oxiri holatiga köra taxminan 339 milliard dollarlik AQŞ ğaznaçilik veksellariga ega bölgan eng yirik egadir.
AQŞ yalpi içki mahsulotga nisbatan qarzdorlik darajasi eng yuqori bölgan davlatlar öntaligiga kiradi va qarz hajmi ösişda davom etmoqda — har uç oyda taxminan bir trillion dollarga. Bu dinamika turmuş darajasiga bevosita ta’sir qiladi.
Qarz ortib borgani sari federal budjetning tobora kattaroq qismi foiz tölovlariga sarflanadi, bu esa infratuzilma, mudofaa va ijtimoiy dasturlarga ajratiladigan xarajatlarni siqib çiqaradi. Yuqori qarz yuki iş haqi ösişi va yangi iş örinlari yaratilişini sekinlaştirişi, şuningdek foiz stavkalari oşişiga olib kelişi mumkin. Bu esa, öz navbatida, ipoteka, kreditlar va kredit kartalari böyiça qarzlarni qimmatlaştiradi.
Şu tariqa, davlat qarzi ösib borişi bilan uning tuzilişi va qarz egalari örtasida qanday taqsimlangani moliya bozorlari hamda umuman iqtisodiyot uçun xavf-xatarlarni tuşunişda hal qiluvçi omilga aylanadi.












