2025 yil 2 iyul. Qarşi şahridagi çoyxonada oşpaz bölib işlovçi Quvonç Sunnatovning telefoniga SMS keldi. U xabarni öqidi va özi işlatadigan piçoqni ryukzagiga solib, yölga çiqdi. Oradan 3 soat ötib, Koson tumani Mustaqillik mahallasida dahşatli oşkora qotillik sodir böldi: Quvonç Sunnatov 5 aka-ukani yaqinlari köz oldida piçoqladi. Oqibatda ikki aka-uka halok böldi, uçtasi jarohatlandi. Hodisadan xabar topganlarni bir savol öylantirardi: oşpaz nega qotillikka qöl urdi, uning telefoniga kimdan qanday SMS kelgandi?

Ba’zida kiçik oilaviy janjallar katta jinoyatlarga sabab böladi. Qaşqadaryo viloyatining Koson tumanida sodir etilgan dahşatli qotillik ham oilaviy janjalga borib taqaladi. Afsuski, oradan 8 oy ötganiga qaramay bu voqea hamon kosonliklarni hayratga, marhumlarning yaqinlarini esa iztirobga solib kelmoqda.

Sangamdan kelgan SMS

2023 yilning dekabri. Koson tumanida yaşovçi Sangam Musayev Sevinç Sunnatova bilan turmuş quradi. Biroq ularning birgalikdagi turmuşi tinç keçmaydi, er-xotin örtasida turli oilaviy janjallar bölib turadi. Şunday janjallarning birida, 2025 yilning 11 iyun kuni Sangam Musayevning akasi Ğolib Musayev Sevinçni ota-onasining uyiga taşlab ketadi.

30 yoşli Quvonç Sunnatov Sevinçning akasi edi. U Qarşi şahridagi çoyxonalardan birida oşpaz bölib işlardi. Kuyovi singlisini jönatib yuborgani uni ğazablantirmasdan qolmagandi.

2025 yil 2 iyul. Odatdagiday kunlarning biri. Quvonç çoyxonada öz işlari bilan band edi. Soat 14:00 larda uning telefoniga kuyovi Sangam Musayevdan “Singlingning narsalarini çiqarib qöyibman, kelib olib ketinglar”, degan xabar keladi. Oşpaz unga javoban xöp degan mazmunda xabar jönatadi. Öşa kungi voqealarning bari ana şu xabardan boşlangandi.

Xavfli ryukzak

Quvonç Sunnatov kuyovidan SMS olgaç, onasiga qönğiroq qiladi. “Kuyovingiz narsalarni olib ketinglar, deb yozib yubordi”, deydi u. Şunda onasi “Ajraşib ketadimi, yaşaydimi?” deb söraydi. Onasining hadik aralaş bergan savoliga Quvonç “Qaçondir vaqti kelib yaşab ketar, borib narsalarini olib kelamiz, olib ket deganidan keyin yalinib yaşatib bölmaydi, taksi gaplaşib kelinglar, men ham boraman”, deya javob qaytaradi.

Şundan söng Quvonç singlisiga tegişli buyumlarni olib keliş uçun 400 ming sömga yuk maşinasi gaplaşadi ham uning haydovçisiga manzilni tuşuntiradi.