BMT boş qarorgohida Boş kotib lavozimiga nomzodlar bilan birinçi oçiq suhbatlar bölib ötadi. Bu haqda AP News xabar berdi.

Amaldagi boş kotib Antoniu Guterriş 2026 yil 31 dekabrda lavozimini tark etadi. BMT yangi rahbari 2027 yil 1 yanvardan boşlab beş yillik muddatga saylanadi. Tanlov jarayoni yuqori geosiyosiy keskinlik şaroitida ötmoqda, bu esa nomzodlarning nisbatan kam - atigi tört nafar bölişiga olib keldi, deb ta’kidlamoqda naşr.

Nomzodlar quyidagilar:

- Mişel Baçelet (Çili, 74 yoş) – ikki marta Çili prezidenti, BMT inson huquqlari böyiça sobiq Oliy komissari. Nomzodi Braziliya va Meksika tomonidan körsatilgan.

- Rafael Mariano Grossi (Argentina, 65 yoş) – XAEA amaldagi boş direktori (2019 yildan). Argentina tomonidan körsatilgan.

- Rebeka Grinspan (Kosta-Rika, 70 yoş) - Kosta-Rikaning sobiq vitse-prezidenti, 2021 yildan YuNKTAD (BMT savdo va rivojlaniş böyiça konferensiyasi) boş kotibi. Kosta-Rika nomzodi.

- Maki Sall (Senegal, 64 yoş) - Senegalning sobiq prezidenti. Burundi tomonidan körsatilgan (Senegal va Afrika Ittifoqining rasmiy kömagisiz).

Mişel Baçelet
Rafael Mariano Grossi
Rebeka Grinspan
Maki Sall

Avvalroq Virjiniya Gamba (Argentina) öz nomzodini olib taşlagan edi.

An’anaga köra, BMT Boş kotibi lavozimi mintaqaviy rotatsiyaga amal qiladi. Yevropa vakilidan (Guterriş, Portugaliya) keyin köpçilik Lotin Amerikasi nomzodini kutmoqda. Aynan şuning uçun dastlabki uç da’vogar kuçliroq pozitsiyaga ega.