Sanoqli soatlardan söng AQŞ va Eron örtasidagi çalajon sulh muddati tugaydi. Agar sulh uzaytirilmasa va Qöşma Ştatlar Eronning energetika infratuzilmasiga zarbalar bersa, mamlakat oğir inqirozga yuz tutadi. Boşqa tomondan, Eron ham javoban arab davlatlaridagi strategik nişonlarga zarba beriş ehtimoli mavjud. Bu esa mintaqada keng kölamli gumanitar falokat va beqarorlikka olib kelişi mumkin.
Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar Şuhrat Rasul, Hikmatulla Kazakbayev va Kamoliddin Rabbimov voqealarning ehtimoliy eng yomon ssenariylari haqida söz yuritişdi.
Şuhrat Rasul: Katta ehtimol bilan sulh kelişuvi amalda silliq keçmayapti. Çunki Eron tomoni ertaga Islomobodga delegatsiya yuborişdan boş tortdi. Ularning asosiy e’tirozi şundaki, AQŞ blokadani bekor qilmagan. Aynan şu omil vaziyatning keskinlaşişiga sabab sifatida körsatilmoqda. Qolgan masalalar ham mavjud bölsa-da, asosiy urğu blokada masalasiga qaratilmoqda.
Biroq bu mojaroning muhim nozik jihatlari ham bor. Masalan, Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi böğoz oçilgani haqida bayonot berganidan bir neça soat ötib, Islom inqilobi qöriqçilari korpusi matbuot kotibi uni mas’uliyatsizlikda ayblab çiqdi. U hatto bunday amaldorlarni javobgarlikka tortiş zarurligini ta’kidladi. Bu holat Eron içida qarama-qarşi pozitsiyalar mavjudligini körsatadi.
Şuningdek, prezident Mas’ud Pizişkiyon ham avval qöşni davlatlardan uzr sörab, keyinçalik bu pozitsiyasini qayta körib çiqqandek taassurot qoldirdi. Umuman olganda, mamlakat içida muvofiqlaştirilgan yagona siyosiy yönaliş yetişmayotgani sezilmoqda.
Şaxsiy kuzatuvlarimga köra, Eron içida ikki xil markaz va ikki xil yondaşuv şakllangan: bir tomoni muzokaralar va kelişuv tarafdori, ikkinçi tomoni esa ança keskin va radikal talablarni ilgari surmoqda. Bu radikal pozitsiya, asosan, IIQK doiralariga tegişli bölib, ular davlatning yuqori lavozimli amaldorlarini ham oçiq tanqid qilmoqda. Ehtimol, aynan şu kuçlar rejalaştirilgan uçraşuvning bekor qilinişiga ta’sir körsatmoqda.
Aroqçining bayonotidan söng 8 ta kema böğozdan ötgan, biroq ortga qaytayotgan 4 ta tanker – jumladan Hindiston, Fransiya va Buyuk Britaniyaga tegişli kemalar öqqa tutilib, ortga qaytişga majbur qilingan. Ular hatto ruxsat berilganini eslatib, ortga buriliş uçun imkon söragan. Bu esa hududda ayrim harbiy bölinmalar mustaqil harakat qilayotganini anglatadi.
Agar otaşkesim buzilib, töqnaşuv yana kuçaysa, oqibatlar nihoyatda oğir bölişi mumkin. Xususan, 22 aprel kuni Donald Tramp agar kelişuvga erişilmasa, dastlab rejalaştirilgan keskin çoralar körilişini bildirgan edi. Ma’lumotlarga köra, Eronda 130 ga yaqin issiqlik elektr stansiyasi mavjud bölib, elektr energiyasining qariyb 85 foizi gaz yoqiş orqali işlab çiqariladi, qolgan qismi esa mazut hisobiga ta’minlanadi. Uşbu infratuzilma nişonga olinadigan bölsa, mamlakat energetika tizimi izdan çiqişi mumkin.












