Bir hafta muqaddam Instagram yulduzi Viktoriya Bonya Vladimir Putinga murojaatini e’lon qilgandi: u xalq prezidentdan qörqişi, amaldorlar esa real muammolarni prezidentdan yaşirişi haqida gapirgandi. Kreml vazminlik bilan reaksiya qilgan bölsa-da, Kreml ta’siridagi naşrlar va blogerlar Bonyaga hujum boşlaşdi. Teleboşlovçi Vladimir Solovyov Bonyaning asosiy muxolifiga aylandi – bloger allaqaçon uning ustidan sudga murojaat qilmoqçi.
BBC voqealar qanday rivojlanganini körib çiqdi.
Bonya kim özi?
Bonya 2006-2007 yillarda «Dom-2» realiti-şousidagi iştiroki orqali tanilgan. Keyinroq u turli köngiloçar loyihalarda suratga tuşgan hamda instagramda şaxsiy blogini rivojlantirgan.
Hozirda Monakoda istiqomat qiluvçi blogerni Rossiyada uşbu ijtimoiy tarmoq bloklanganiga qaramay 13 milliondan ortiq obunaçi kuzatib boradi.
Bloger mediamaydonda turli konspirologik nazariyalar tarafdori va samaradorligi isbotlanmagan «gözallik amaliyotçisi» (Beauty Practice) sifatida tanilgan.
Xususan, koronavirus pandemiyasi kuçaygan vaqtda u 5G minoralar zarari hamda vaksinalar orqali «çiplaştiriş» haqidagi fitna nazariyalarining asosiy tarğibotçisiga aylangandi.
U Putinga murojaatida nima degandi?
Ötgan haftaning duşanba kuni Bonya Instagram sahifasida «xalq nomidan» Putinga murojaat yöllab, rossiyaliklar prezidentdan qörqişi haqida gapirgandi.
«Vladimir Vladimiroviç, sizdan qörqişadi. Xalq sizdan qörqadi, blogerlar, artistlar qörqadi, gubernatorlar sizdan qörqadi. Siz esa mamlakatimiz prezidentisiz. Biz qörqişimiz kerak emas deb öylayman», – degandi bloger.
Şuningdek, Bonya Rossiya prezidentidan «yaşiriladigan muammolar»ni sanagandi. Ular qatorida Doğistondagi suv toşqini, Anapada dengizga mazut tökilişi, Novosibirsk oblastida çorva mollari yöq qilinişi, internet bloklanişi, şuningdek, iqtisodiy qiyinçiliklar keltirilgandi.
Bonya Putin va xalq örtasida «devor urilgani», u esa bu devorni buzib ötmoqçiligini aytgandi. Şu bilan birga, u prezidentni qöllab-quvvatlaşi hamda uni «kuçli siyosatçi» deb hisoblaşini qistirgandi.


















