“Bunyodkor” futbol klubini moliyalaştirişni töxtatgan “Özbekneftgaz” kompaniyasi braziliyalik yulduz Rivaldo oldidagi qarzni tölamasligini ma’lum qildi. Özbekistonda Befree nomi ostida yana bir moliyaviy piramida işlayotgani ma’lum böldi. Mobil aloqa foydalanuvçilariga raqamini boşqa şaxsning nomiga masofadan ötkaziş imkoniyati yaratildi. Namanganda maktablar “Mutolaa” platformasida majburiy obunaga jalb qilinayotgani aytildi. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.
“Özbekneftgaz” Rivaldoga qarzni tölamaydi
“Bunyodkor” futbol klubini moliyalaştirişni töxtatgan “Özbekneftgaz” kompaniyasi braziliyalik yulduz Rivaldo oldidagi qarzni tölamasligini ma’lum qildi.
Kompaniya raisining birinçi örinbosari Suhrob Hamroyev sözlariga köra, uşbu qarzni tölaş “Özbekneftgaz”ning emas, balki klubning majburiyati.
Ta’kidlanişiça, hozir biror klub “Özbekneftgaz” tomonidan moliyalaştirilayotgani yöq, bu işlar 2026 yil 1 yanvardan töxtatilgan. Rivaldo 2008-2010 yillarda “Bunyodkor”da öynagan. Klubning unga qarzi qança ekani aytilmagan.
“6 oyda dollarda millionerga aylanasiz!” – navbatdagi moliyaviy piramida
Özbekistonda Befree nomi ostida yana bir moliyaviy piramida işlayotgani ma’lum böldi. U odamlarga kraudfanding loyiha sifatida taniştirilmoqda. Befree’da bir neça oyda dollarda millionerga aylaniş va’da qilinyapti.
Befree Özbekistonda Telegram’dagi bir neçta yopiq guruhlarda tarğib qilib kelingan. Şulardan biri “Omadli milliarderlar” guruhi. Uni Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanidagi maktablardan birining öqituvçisi yuritgan. Aytişiça, u Befree moliyaviy piramida ekanini bilmagan holda uni tarğib qilgan.
Befree doimiy ravişda yangi iştirokçilarning mablağlarini jalb qiliş orqali tuzilma a’zolariga daromad tölab boriş tizimiga asoslangan. Bu barça moliyaviy piramidalarga xos bölgan belgi.
Telefon raqamni boşqa şaxsning nomiga ötkaziş osonlaşdi
Mobil aloqa foydalanuvçilari MyGov orqali mobil telefon raqamini boşqa şaxsning nomiga onlayn tarzda












