AQŞ prezidenti Donald Tramp muddati tugayotgan AQŞ-Eron sulhini uzaytiriş niyatida emasligini ma’lum qildi va Eronga havo hujumlarini qayta boşlaşga ruxsat berdi. Bu haqda u CNBC efirida ma’lum qildi, deb xabar berdi Reuters.

«Men buni qilişni xohlamayman. Bizda köp vaqt yöq», dedi Tramp sulhning ehtimoliy uzaytirilişi haqidagi savolga javoban.

«Men bombardimon bölişini kutyapman, çunki hozir [tomonlarning] kayfiyati şunday deb öylayman. Lekin biz tayyormiz. Armiya jangga intilmoqda», deb qöşimça qildi u.

Tramp, şuningdek, Eron sulh şartlarini buzganini ta’kidladi, ammo bu qanday qoidabuzarliklar ekanini aniqlaştirmadi. Şu bilan birga, u dengiz blokadasini muvaffaqiyatli deb atadi va AQŞ «ajoyib kelişuv» tuziş uçun kuçli pozitsiyada ekaniga işonç bildirdi. Prezident özining asosiy talabi özgarişsiz qolayotganini aytdi – Eron yadro quroli yaratiş imkoniyatiga ega bölmasligi kerak.

Eron hukumati rasmiy vakili Fotima Muhojironiy bunga javoban şunday dedi:

«Bizga yana hujum qilişlarini istamaymiz, lekin agar bunday hujumlar sodir bölsa, biz avvalgidan ham qattiqroq javob beramiz».

Tramp tomonidan 7 aprel kuni e’lon qilingan ikki haftalik sulh muddati 22 aprel kuni keçqurun tugaydi. Muzokaralarning ikkinçi bosqiçi Pokiston vositaçiligida Islomobodda ötkazilişi rejalaştirilgan edi, biroq bu şubha ostida qolmoqda.