Bu yilgi futbol böyiça jahon çempionati finaliga çiptalar allaqaçon 2 million dollardan ortiq narxda sotuvga çiqarilgan, deb xabar berdi Sky News.
Naşrning ta’kidlaşiça, FIFA saytining 19 iyul kungi final uçun «çiptalarni qayta sotiş va almaştiriş»ga bağişlangan bölimida narxi qariyb 2 mln 300 ming dollarlik 4 ta çipta sotuvga qöyilgan. Nyu-Jyersidagi «MetLayf» stadionida bölib ötadigan final öyiniga törtta çiptani sotib oliş uçun 9,2 million dollar sarflaşga töğri keladi.
E’tiborli jihati şundaki, darvoza ortida joylaşgan xuddi şu sektordagi boşqa bir neçta çiptalar ham nisbatan «arzon» narxda – 16 ming dollarga sotuvga qöyilgan.
«FIFA çiptalarni qayta sotiş bölimidagi narxlarni nazorat qilmaydi, ammo bunday çiptalarni sotuvçidan ham, sotib oluvçidan ham 15 foiz komissiya oladi - bu esa nazariy jihatdan faqat bitta çiptani sotişdan deyarli 600 ming dollar daromad oliş mumkinligini anglatadi», deb ta’kidlaydi naşr.
Qöşimça qilinişiça, Kanada, Meksika va AQŞ birgalikda mezbonlik qiladigan va 11 iyun kuni boşlanadigan turnirga çiptalar narxi yuqori bölgani uçun taşkilotçilar allaqaçon tanqidga uçragan.
Naşrning xabar berişiça, avvalgi jahon çempionatlarida ikkilamçi bozorda çiptalar narxi FIFA tomonidan nominal qiymat bilan çeklangan edi.
Ta’kidlanişiça, tanqidlarga javoban FIFA dekabr oyida narxi 60 dollarlik çiptalarni çiqargan.
«Bu yilgi tadbirga allaqaçon beş milliondan ortiq çipta sotildi va şu hafta boşida çiptalar savdosining sönggi bosqiçi boşlandi», deyiladi maqolada.
«FIFA mezbon mamlakatlardagi yirik sport va köngiloçar tadbirlarga çiptalar bozorining standart amaliyotiga mos keladigan çiptalar savdosi va ikkilamçi bozorning işlaş modelini işlab çiqdi. FIFA çiptalar uçun tabaqalaştirilgan narx belgilaş yondaşuvi turli sport va köngiloçar sohalardagi sanoat tendensiyalariga mos keladi, bu yerda narxlar sotuvlar va tomoşabinlarni optimallaştiriş, şuningdek, tadbirlarning adolatli bozor qiymatini ta’minlaş maqsadida özgartiriladi», dedi FIFA vakili.
Eslatib ötamiz, turnirda 48 ta milliy jamoa - dastlab 12 ta guruhda, söngra pley-off bosqiçida sovrin uçun kuraş olib boradi. Özbekiston, Iordaniya, Kyurasao va Kabo-Verde milliy jamoalari birinçi marta jahon çempionatida iştirok etadi. Öyinlar 2026 yil 11 iyundan 19 iyulgaça AQŞ, Meksika va Kanada maydonlarida bölib ötadi.












