Yevropa Ittifoqi Ukrainaga bosqin qilayotgan Rossiyani jazolovçi sanksiyalarning 20-paketini tasdiqladi. Röyxatda bu safar Markaziy Osiyodagi banklarni ham uçratiş mumkin.

Xususan, Qirğizistondagi Capital Bank of Central Asia va Keremet Bank sanksion röyxatga tuşdi. Ular SPFS tizimi orqali (SWIFT'ning Rossiya yaratgan muqobili) Rossiyaga moliyaviy xizmatlar körsatiş bilan sanksiyalarni aylanib ötişga yordam berganlikda ayblandi. Şuningdek, bitta Ozarbayjon va Laos banki ham xuddi şu sabab bilan çeklovlarga duç keldi.

20-paketda Özbekistondan paxta sellyulozasi işlab çiqaruvçi ikkita kompaniya: Farğona kimyo zavodi va Jizzaxdagi Raw Materials Cellulose korxonasini uçratiş mumkin. Ular Rossiyadagi porox zavodlarini xomaşyo bilan ta’minlagani körsatilgan.

Yangi sanksiyalar Rossiyaning 20 ta bankiga nisbatan tranzaksiya taqiqlarini örnatadi. Ular orasida Wildberries Bank ham bor. Bu esa elektron tijorat bilan boğliq moliyaviy oqimlar ham nazorat ostiga olinayotganini körsatadi.

Energetika va sanoat sektori – sanksiyalarning asosiy nişonlaridan biri bölib qolmoqda: yangi paket doirasida Rossiyaning yirik neft kompaniyalari va ularning şu’ba tuzilmalari, jumladan, “Başneft” va “Slavneft”, şuningdek, “Lukoyl” va “Gazprom” bilan boğliq ayrim affillangan strukturalar ham çeklovlar ostiga olingan.

Bundan taşqari, bir neçta neftni qayta işlaş zavodlari, logistika zanjirida iştirok etuvçi 46 ta kema, “Rosnefteflot” kabi transport kompaniyalari ham sanksiyalar röyxatiga kiritilgan.

Sanksiyalar ilmiy va xizmat körsatiş sektorini ham çetlab ötmadi. Xususan, Moscow Institute of Physics and Technology hamda Soglasie Insurance kabi sub’yektlar ham qora röyxatga tuşdi. Bu esa texnologik va moliyaviy xizmatlar orqali harbiy salohiyatni qöllab-quvvatlaş imkoniyatlarini çeklaşga xizmat qiladi.

Kriptoaktivlar sohasida ham çoralar kuçaytirilib, A7A5 steyblkoini bilan savdo qiluvçi va Rossiya bilan aloqador operatsiyalarda iştirok etgani aytilayotgan TengriCoin operatori ham sanksiya ostida qoldi.