Namanganda Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi yakunlandi.  Unda Turkiya, Tailand, Malayziya, Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Möğuliston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston hamda Özbekistondan 94 nafar öquvçi iştirok etdi.

Yakuniy natijalarga köra, Özbekiston terma jamoasi jami 11 ta medal (2 ta oltin, 3 ta kumuş va 6 ta bronza)ni qölga kiritdi.

Eng köp oltin medal Rossiya vakillariga nasib etgan bölsa (4ta), turkiyalik öquvçilar 3ta oltin medalga ega çiqişdi.

Mintaqaviy xalqaro olimpiadalardagi medallar uçun oltin medal sohibiga — 4,944 mln. söm, öqituvçisiga — 20,6 mln. söm, kumuş medal sohibiga — 3,296 mln. söm, öqituvçisiga — 14,42 mln. söm, bronza medal sohibiga — 2,472 mln. söm, öqituvçisiga — 12,36 mln. söm beriladi.

Şuningdek, xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiada sovrindorlari oliy ta’lim muassasalariga kirişda öz fanidan maksimal ballga ega böladi.

Mazkur olimpiada ilk bor 2024 yilda Buxoroda bölib ötgandi. Öşanda özbekistonlik öquvçilar 12ta (3ta oltin, 3ta kumuş va 6ta bronza) medalni qölga kiritgan.