Vaşingtondagi hayajonli, dramatik oqşom, Oq uy matbuot kotibining tadbir oldidan otilajak öqlarni kutgani hamda öq ovozlaridan hayratga tuşmagan prezident. Şanba kuni keçqurun yuz bergan Tramp qatnaşayotgan tadbirdagi sodda otişma voqeasi rostdan sodir bölganmidi yoki bu Tramp jamoasining navbatdagi sahna körinişimi? Bu borada savollar köpaymoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda 3 kundan beri Vaşington Hilton mehmonxonasidagi otişma haqida turli-tuman fikrlar tarqalmoqda. Heç kimga zarar yetmagani va otişmani amalga oşiriş rejasi ahmoqona ekani inobatga olinsa, buni Tramp imiji uçun navbatdagi propaganda deb tuşunsa böladi. Lekin bu xulosa uçun hali heç qanday asoslar yöq, faqat taxminlar bor.

Keling, şu taxminlarga töxtalib ötamiz.

Avvalo, Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levit tadbir avvalidan Fox News’ga intervyu berarkan, keça juda qiziq keçişi, ba’zi öqlar otilişi, bu esa klassik Donald Trampni eslatişini aytgan.

Bundan taşqari, öq ovozlari eşitilganidan keyin zalga yugurib kirgan xavfsizlik xizmati xodimlari baqirib bu haqida xabar berarkan, yuzlab media vakillari sarosimaga tuşadi va stollar ostiga berkina boşlaydi. Buni birozdan keyin sezgan AQŞ birinçi xonimi – Melaniya Tramp hamda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levit ham yuzida qörquv alomatlari bilan stol ostiga yaşirinişga urindi. Lekin prezidentning özi u qadar hayratlangani yöq, dastlab hattoki tomoşa qilib ötirdi.

Otişma bölayotganini bilgan AQŞ Federal tergov byurosi direktori Kaş Patelning reaksiyasi ham noodatiy. Amerikadek davlatning milliy xavfsizligini ta’minlaş, terrorizm va boşqa xavf-xatarlarga qarşi siyosatning boşida turgan şaxsning prezidentga hujum bölayotgan onda bunday bamaylixotir ötirişi ğalati.

Otişmani uyuştirganlikda gumonlanayotgan şaxs – 31 yoşli Koul Tomas Allen. Kaliforniyalik IT sohasi mutaxassisi, uning sinfdoşlari Allenning bosiq va aqlli ekani, qölidan qotillik kelişiga işoniş qiyinligini aytgan.

Biroq eng katta savol şuki – qanday qilib qurollangan şaxs AQŞ elitasi va Oq uyga yaqin media olami yiğilgan zal yaqinida paydo böldi? Axir bu Amerika prezidenti, u dunyoda eng qattiq qöriqlanadigan şaxslardan biri sanaladi.

Ma’lum bölişiça, gumonlanuvçi şaxs ham Vaşington Hilton mehmonxonasida qolgan bölgan va mehmonxona bu yuqori darajadagi tadbir vaqtida ham işlaşni davom ettirgan.

Buyuk Britaniyaning AQŞdagi sobiq elçisi va bunday tadbirlarda bir neça bor qatnaşgan Kim Darroç BBC’ga boğlanarkan, muxbirlar bilan ziyofatlarning xavfsizlik tomonlama sust ekanidan noligan.

“Yomon niyatingiz bölsa va bunday joyga bostirib kirmoqçi bölsangiz, bittagina xavfsizlik çegarasi bor xolos. Undan keyin esa siz prezident ötirgan zalda bölasiz”, degan elçi.

Biroq şanba kungi keysda 31 yoşli gumonlanuvçining bu qadar xom reja bilan harakatlanişi ham e’tiborni tortadi. Uning qölidan heç nima kelgani yöq, bittagina xavfsizlik xizmati xodimi yengil yaralangan, unga ham allaqaçon şifoxonadan javob berilgan.

Otişmadan bir neça soat ötib, prezidentning rejalanmagan matbuot brifingini ötkazişi alohida mavzu. U heç nimadan qörqmagani, xavfsizlik xizmati xodimlari ajoyib işlagani va Vaşingtondagi bu oqşom juda hayajonli ötganini gapirdi.

SBS telekanalining 60 daqiqa körsatuviga intervyu bergan Tramp esa nima bölayotganini köriş uçun xavfsizlik xizmatiga uni zudlik bilan olib ketişlariga ruxsat bermay turgan.

Yana bir muhim nuqta şuki, voqea aynan jurnalistlar bilan keçki yiğinda sodir bölmoqda. Trampdek odam matbuotni yoqtirmasligi, hurmat qilmasligi hammaga ma’lum. Ikkinçi muddatga saylanganidan beri u matbuot vakillarini davomli masxara qilib keladi, savollariga javob bermaydi yoki gapni olib qoçadi. “60 daqiqa” körsatuvidagi intervyusida ham hozirgi matbuot vakillari Demokratik partiya bilan bir xil ekani, odamlar aqldan ozgan dunyoda yaşayotganini aytgan. Trampga köra, mediada bunday odamlar bölişiga qaramay, Amerikada OAV liberal qolmoqda.

Tramp otişmadan keyingi matbuot brifingidan ham özi va jamoasi, siyosatini olqişlaş yölidan foydalandi. Vaşington Hilton mehmonxonasi esa çindanam xavfsiz joy emasligini aytib, Oq uydagi özi qurdirayotgan ziyofatlar zali naqadar muhimligini aytib ötib ketdi. Prezidentdan keyin sözga çiqqan administratsiya vakillari ham Tramp Amerikada keskin özgarişlar qilgani bois ham buni kötara olmayotganlar unga hujum qilayotganini aytib, prezidentga xuşomad qilişdi.

Gumonlanuvçi duşanba, 27 aprel kuni birinçi sudga tortiladi. Trampga köra, yaqin 2-3 kun içida tafsilotlar yanada aniqlaşadi.

Eslatib ötamiz, 2024 yil, prezident saylovi oldidan Pensilvaniya ştatida saylovçilar bilan muloqoti çoğida Donald Trampning hujumga uçraşi uni ğalaba tomon yetaklagan voqealardan biri edi. Hattoki, Trampdan nafratlanadigan ba’zi milliarderlar aynan öşa otişmada uning harakatlari sabab Tramp tomonga ötganini aytgan. Balki Erondagi uruşning muvaffaqiyatsizlikka uçrab, Amerika içkarisida bizga bu uruş nega kerak degan kayfiyat urçigan bir onda Tramp imijmeykerlari uning tuşib borayotgan avtoritetini tiklaş va jamoatçilikda yana qiziqiş uyğotiş maqsadi ortidan buni uyuştirgan bölsa, ajab emas. Lekin bu şunçaki ehtimollar nazariyasi darajasidagi tahlil.

Aytiş joizki, otişma uyuştirgan şaxs maqsadi Trampni öldiriş ekanini aytmagan, balki uning amaldorlarini nişonga oliş niyati borligini qöşimça qilgan.