Migratsiya agentligi, Taşqi işlar vazirligi va Özbekistonning Fransiyadagi elçixonasi mas’ullaridan iborat delegatsiya Fransiyada özbekistonliklarni qonuniy va tizimli işga joylaştiriş böyiça muhim kelişuvga erişdi.

Jumladan, Fransiya Qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilari federatsiyasi (FNSEA) bilan uzumzorlarda mavsumiy işlarga özbekistonliklarni jalb qiliş böyiça hamkorlik yölga qöyiladigan böldi.

Qayd qilinişiça, şu yil yoz oylaridan boşlab pilot loyiha doirasida 50 nafar nomzod ilk bor Fransiyaga işga yuboriladi.

Ta’kidlanişiça, Fransiyada kadr tanlaş va bandligini ta’minlaşga ixtisoslaşgan taşkilot — “Sélect Recruiting Service” bilan nomzodlarni saralaş va işga joylaştiriş böyiça bitim imzolandi.

Şuningdek, CFA AC Paris kompaniyasi bilan “ta’lim + iş” formatida hamkorlik yölga qöyildi. Endi Fransiyada restoran sohasida öqiş va işlaş imkoniyatini yaratiş böyiça dastur işlab çiqiladi.

Qayd qilinşiça, kelişuvlarni amalga oşiriş va taşkiliy-huquqiy masalalarni muvofiqlaştiriş maqsadida Fransiya Taşqi işlar, Içki işlar, Ta’lim vazirliklari mutassaddilari hamda “France Travail” davlat bandlik xizmati , CCI Île-de-France — Savdo-sanoat palatasi, AP-HP Parij davlat şifoxonalari xizmati bilan samarali muzokaralar ötkazildi.