Teleboşlovçi Vladimir Solovyov bloger Viktoriya Bonyani jonli efirda haqoratlagani uçun uzr söradi.

Instagram yulduzi bölgan Viktoriya Bonya (uning 14 millionga yaqin obunaçisi bor) va propagandaçi Vladimir Solovyov örtasidagi mojaro bloger 14 aprel kuni öz akkauntida «xalq nomidan» Putinga videomurojaat e’lon qilişi ortidan boşlangandi. U «gubernatorlardan heç biri aytmaydigan» beşta muammoni sanab, odamlar Putindan qörqişi, özi esa qörqmasligi haqida gapirgandi. Kremldagilar Bonya aytgan masalalar böyiça «iş olib borilayotgani»ni ma’lum qilgan. Uning özi keyinroq köziga yoş olib, Kremldagilar uning murojaatiga e’tibor qaratgani uçun Putin va Peskovga minnatdorçilik bildirgandi.

Bonyaning murojaati keng muhokama qilina boşlagaç, Vladimir Solovyov özining keçki şousi efirida uni «iflos oğzini oçib, hammayoqni ifloslantirmasligi kerak bölgan» «siyqasi çiqqan fohişa» deb atagandi. Davlat dumasi deputati Vitaliy Milonov ham unga qöşilib, Bonyani «savodsiz bloger» va «eskort» deb atagandi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari haqoratli sözlar uçun Solovyovni keskin tanqid qilgan, blogerning özi esa sun’iy intellekt orqali yasalgan rolikni e’lon qilgandi – unda Bonya Örgimçak odam qiyofasida Solovyov, Milonov va Artemiy Lebedevga qarşi kuraşayotgani aks etadi. U propagandaçilarni sudga berişini aytgandi.

Amalda esa Bonya 28 aprel kuni Solovyov efirida mehmon böldi.

Uzr söraş va Putinning yonini oliş

Efir Bonya oyoğidagi oğriqdan şikoyat qilişi bilan boşlandi, u buni stress bilan izohlagan. «Buni mening aybim deb hisoblaymiz», – degan Vladimir Solovyov.

Keyin esa Bonya jamoatçilik e’tibori uning Putinga murojaatiga emas, Solovyov bilan mojarosiga burilib ketganini qayd etgan:

Men öz his-tuyğularim va odamlarning menga yozganlari haqida Putinga murojaat yozdim. Muhimi, ular öz muammolari unutilmaganini tuşunişi kerak. Menda heç qanday ssenariy bölmagan, heç kim menga pul tölamagan. Meni haqorat qilganingiz uçun uzr söraşingizni istardim. Siz [Italiya boş vaziri Jorjia] Melonidan ham uzr söraşingiz kerak.

Teleboşlovçi esa undan aytgan sözlari (Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tomonidan «yuborilgan josus» va «siyqasi çiqqan fohişa») uçun uzr söragan. Solovyovning aytişiça, uning bu qadar hissiyotga berilişiga Bonya öz murojaatida muammolarni kötargani emas, balki uning kiriş sözlari sabab bölgan – Instagram yulduzi murojaatini quyidagi ibora bilan boşlagandi: «Vladimir Vladimiroviç, sizdan qörqişadi. Xalq sizdan qörqadi, blogerlar, artistlar qörqadi, gubernatorlar sizdan qörqişadi».