Yiğilişda qayd qilinişiça, Çirçiq daryosining poytaxt hududidan ötuvçi 16 kilometr qismini obodonlaştiriş hisobiga 306 gektar yer maydonida “Daryo böyi” loyihasini amalga oşiriş közda tutilgan.
Loyiha doirasida daryo qirğoqlarini mustahkamlaş, yaşil hududlar barpo etiş, savdo va xizmat körsatiş obektlarini joylaştiriş işlari amalga oşiriladi. Bektemir kanali böyida 187,3 gektar maydonda “yaşil belboğ” yaratiladi, sayilgohlar barpo etiladi. Piyodalar va veloyölaklar, içki yöllar, yoritiş tizimlari hamda köpriklar quriladi.
Poytaxtda 4 ta sun’iy köl va suv havzalarini taşkil etiş loyihasi ham taqdimot qilindi. Prezidentimiz aholi uçun qulay şaroitlar, şaharda salqin mikroiqlim yaratişga bu kamlik qilişini qayd etib, köllar sonini 12 taga yetkazişni topşirdi.












