Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylaşgan «Şarğunkömir» AJda joriy yilning 14-15 avgust kunlari qariyb 200 nafar konçi iş taşlagani haqida ma'lumot tarqaldi.
Tabiiy savol tuğiladi - xodim iş taşlaş huquqiga egami?
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasiga köra, fuqarolar öz ijtimoiy faolliklarini Özbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yiğilişlar va namoyişlar şaklida amalga oşiriş huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar ötkazilişini töxtatiş yoki taqiqlaş huquqiga ega.
Lekin Özbekiston Respublikasi qonunlarida mitinglar, yiğilişlar va namoyişlar ötkaziş tartibi belgilanmagan. Vazirlar Mahkamasining «Ommaviy tadbirlarni taşkil etiş va ötkaziş tartibini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» 2014 yil 29 iyuldagi 205-son qarori mavjud bölib, uşbu hujjatda faqatgina ommaviy tadbirlarni ötkaziş qoidalari belgilab berilgan. Ammo uşbu qarorda berilgan ommaviy tadbir tuşunçasi miting, yiğiliş, namoyiş kabi tuşunçalarni qamrab olmagan. Uşbu hujjatga köra:
ommaviy tadbir — 100 va undan köp kişilar iştirokida ijtimoiy-siyosiy (anjumanlar, konferensiyalar, s'yezdlar va boşqalar), madaniy-ommaviy va köngiloçar-tomoşa dasturlari (musiqiy, adabiy va boşqa festivallar, konsert, teatr, sport, reklama tadbirlari, xalq sayillari, sirk, milliy namoyişlar va öyinlar, köriktanlovlar va boşqalar), şuningdek umumxalq, diniy, kasb bayramlarini ötkaziş maqsadida ommaviy tadbirni ötkaziş obektida taşkil qilinadigan fuqarolarning birgalikda qatnaşişlari;
birinçi toifadagi ommaviy tadbir — 200 va undan köp kişilar iştirokida Toşkent, Nukus şaharlari va viloyat markazlari hududida ötkaziladigan ommaviy tadbir;
ikkinçi toifadagi ommaviy tadbir — birinçi toifaga kirmaydigan ommaviy tadbir.
Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 16-moddasida esa xodimning asosiy mehnat huquqlari mustahkamlangan.
Unga köra har bir xodim:
öz mehnati uçun qonun hujjatlarida Mehnatga haq tölaş yagona tarif setkasining birinçi razryadi böyiça belgilanganidan oz bölmagan miqdorda haq oliş;
muddatlari çegarasi belgilangan iş vaqtini örnatiş, bir qator kasblar va işlar uçun iş kunini qisqartiriş, har haftalik dam oliş kunlari, bayram kunlari, şuningdek haq tölanadigan yillik ta'tillar beriş orqali ta'minlanadigan dam oliş;












