AQŞ migratsiya qonunçiligini buzgani uçun deportatsiya qilingan 26 nafar Özbekiston fuqarosi 1 may kuni charter reys bilan Toşkentga qaytdi, deb xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.
Qayd etilişiça, ikki tomonlama hamkorlik doirasida fuqarolarning şaxsini aniqlaş, zarur hujjatlarni rasmiylaştiriş va ularni xavfsiz qaytariş böyiça barça taşkiliy-huquqiy jarayonlar tezkor ravişda kelişilgan.
AQŞ Özbekistonga deportatsiya reysini amalga oşirib, 11 mart kuni Özbekistonning 65 nafar fuqarosini qaytargandi.
Prezident Tramp lavozimga kirişganidan buyon AQŞ noqonuniy immigratsiyaga çek qöyişga qaratilgan çora-tadbirlar doirasida Özbekistonning mingdan ziyod fuqarosini deportatsiya qilgan.












