«Payşanba kuni keçqurun Eron AQŞ bilan muzokaralarda vositaçi sifatida iştirok etayotgan Pokistonga özining sönggi muzokara taklifi matnini taqdim etdi», deb xabar berdi IRNA axborot agentligi.

Yangi taklif nimalarni öz içiga olgani hozirça noma’lum, biroq bu xabar e’lon qilingandan söng, Eronning Hörmuz böğozini yopişi boşlanganidan beri keskin oşgan neftning jahon narxlari pasaydi, deb yozdi Reuters.

Oq uy Eron taklifi haqidagi savollarga javob berişdan boş tortdi va yopiq diplomatik muzokaralar böyiça izoh bermasligini aytdi.

Eron Taşqi işlar vazirligi bayonotiga köra, 1 may kuni mamlakat taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi Saudiya Arabistoni, Qatar, Turkiya, Iroq va Ozarboyjondan bölgan hamkasblari bilan telefon orqali muloqot qilib, «Eronning uruşni töxtatiş böyiça sönggi taşabbuslarini» muhokama qilgan.

AQŞ va Eron örtasidagi muzokaralarning birinçi bosqiçi aprel oyi örtasida bölib ötdi va natijasiz yakunlandi. Şundan beri muzokaralar boşi berk köçaga kirib qoldi: AQŞ Eron portlariga dengiz blokadasini joriy etdi, Eron esa Hörmuz böğozini tösişda davom etdi - uruşdan oldin jahon neft va gaz ta’minotining qariyb 20 foizi, şuningdek, boşqa köplab qimmatli kimyoviy mahsulotlar tranziti şu böğoz orqali ötardi.

Öt oçişni töxtatiş tartibi 8 apreldan beri amal qilmoqda, biroq payşanba kuni AQŞ prezidenti Donald Trampga Eronni muzokaralar stoliga ötirişga majbur qiliş uçun yangi harbiy zarbalar rejasi haqida hisobot berilişi kerakligi haqidagi xabarlar jahon neft narxlarining bir muddat tört yillik eng yuqori darajaga kötarilişiga olib keldi.

Reuters agentligining ismini oşkor qilişni istamagan ikki yuqori martabali eronlik manbasiga köra, Eron havo hujumidan mudofaa tizimlarini şay holatga keltirgan va agar hujum sodir bölsa, ommaviy javob zarbasini berişni rejalaştirmoqda.

Seşanba kuni Tramp Eronning avvalgi taklifidan norozi ekanini, Pokiston esa uruşni töxtatiş böyiça yangi muzokaralar sanasini hali belgilamaganini aytdi.

1 may kuni Tramp yo uruşni töxtatişi yoki Kongressni 1973 yildagi Harbiy vakolatlar töğrisidagi rezolyutsiyaga muvofiq uni uzaytirişga işontirişi kerak bölgan rasmiy muddat tugaydi.