Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi Departament va Bojxona idoralari bilan hamkorlikda Çust tumanida tezkor tadbir ötkazildi.

Tadbir davomida Yangi Namangan tumanida yaşovçi şaxs va Çust tumanida istiqomat qiluvçi, muqaddam sudlangan fuqaro özaro til biriktirib, xorijdan olib kelingan qalbaki 10 ming AQŞ dollarini şartli xaridorga haqiqiy 7,5 ming AQŞ dollariga sotgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.