Toşkentda Özbekiston va Qirğiziston Energetika vazirliklari örtasida “Qambarota GES-1” loyihasini amalga oşirişga qaratilgan hukumatlararo bitim loyihasini muhokama qiliş böyiça navbatdagi muzokaralar taşkil etildi.
Muzokaralarda ikki mamlakatning tegişli davlat organlari va tarmoq taşkilotlari vakillari iştirok etdi. Şuningdek, Jahon banki vakillari kuzatuvçi sifatida qatnaşdi.
Uçraşuv yakunida tomonlar hukumatlararo bitim loyihasi qoidalarini kelişiş yuzasidan yaqin hamkorlikni davom ettirişga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
“Qambarota GES-1” Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalaniş va energetika sohasida özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qiluvçi yirik strategik loyiha bölib, Qirğiziston hududidagi Norin daryosida quvvati 1880 MVt bölgan zamonaviy gidroelektr stansiyasini barpo etişni nazarda tutadi.














