Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Içki işlar vazirligi hamda Din işlari böyiça qömita tomonidan taqiqlangan diniy materiallardan ogohlantiriş va xabardor qiliş tizimi – din.uzbbot maxsus çat-boti işga tuşirildi. Bu haqda Diniy qömita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uşbu platforma orqali fuqarolar diniy materiallarning dinşunoslik ekspertizasi xulosasi mavjud yoki mavjud emasligini, şuningdek, ayrim şaxs va taşkilotlar faoliyati qonunçilikka muvofiq yoki taqiqlanganini tekşiriş imkoniyatiga ega böladi.
Kun.uz muxbiri botning har bölimidagi xizmatlar qanday işlaşini tekşirib kördi.

Avvalo botning nomi haqida. Rasmiylarning e’lonida bot – din.uzbbot deya taniştirilmoqda, ammo uning tavsifidagi nomi “Xavfsiz bot”. Bizningça bu foydalanuvçilarni çalğitadi.
Telegram messenjeridagi uşbu botda quyidagi xizmatlar bor:

- Taqiqlangan profillarni tekşiriş;
- Diniy adabiyotlarni tekşiriş;
- Taqiqlangan şaxs va taşkilotlar röyxati;
- Umra litsenziyasiga ega turfirmalar röyxati;
- Rasmiy diniy manbalar;
- Huquqiy hujjatlar bilan tanişiş;
- Izoh va takliflar.
Birinçi – «Taqiqlangan profillarni tekşiriş» bölimi orqali biror profil yoki şaxs nomini kiritiş mumkin. Bot Oliy sudning qarori bilan taqiqlangan profil haqida quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi: profil nomi, qaysi ijtimoiy tarmoqda ekani, u haqida xulosa va tavsiya. Şuningdek, kiritilgan şaxs nega taqiqlanganini asoslovçi ma’lumotlar ham beriladi.
«Diniy adabiyotlarni tekşiriş» bölimida marhum






















