Karlovi Vari – Çexiyaning ğarbiy qismida, Bogemiyaning yaşil tepaliklari bağrida joylaşgan maşhur kurort şahar. U özining termal mineral buloqlari bilan butun Yevropada tanilgan bölib, asrlar davomida tiklaniş, davolaniş va ruhiy xotirjamlik izlagan insonlarni öziga jalb qilib keladi.
Nega aynan Karlovi Variga sayohat ota-onalar uçun eng yaxşi sovğa?
Karlovi Vari şovqin-surondan yiroq, tabiat quçoğidagi sokin muhitga ega şahar. Bu yerga odamlar faqat dam oliş uçun emas, öz salomatligi va içki muvozanatini tiklaş uçun keladi.
Köp hollarda ota-onalar yillar davomida oila, farzandlar va uy-rözğor taşvişlari bilan band bölib, özlari uçun vaqt ajratişni keyinga surib qöyadi. Karlovi Vari esa ularga aynan şu imkoniyatni beradi: sukunat, davolovçi suvlar, yengil sayrlar va tabiiy muolajalar orqali özini qayta his qiliş imkoni.
Dam oliş uçun qança vaqt kerak?
Agar maqsad töliq soğlomlaşiş bölsa, 2 haftalik sayohat eng maqbul variant hisoblanadi. Bu vaqt davomida individual davolaş dasturini tanlaş, şifokor maslahatlari oliş va mineral suvlar kursi orqali maksimal samaraga erişiş mumkin.
Cyohat köproq Yevropaning atmosferasini his etiş, şahar böylab sayr qiliş va umumiy dam oliş uçun bölsa, 7 kun ham yetarli hisoblanadi.
Karlovi Varida qanday kasalliklar davolanadi?
Bu kurort asosan hazm tizimi va modda almaşinuvi bilan boğliq muammolarni bartaraf etişga ixtisoslaşgan. Davolaş asosini mineral suv içiş kursi taşkil qiladi va u har bir inson uçun alohida belgilanadi.

Karlovi Vari quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:
• oşqozon-içak tizimi kasalliklari;
• surunkali gastrit va hazm buzilişlari;
• jigar va öt pufagi kasalliklari;
• oşqozon osti bezi muammolari;
• modda almaşinuvi buzilişlari;
• qandli diabet;
















