Kun.uz bilan boğlangan fuqaroning sözlariga köra, yuzdan ortiq odamlar va 20 dan ortiq avtomobil soydan öta olmay qişloqda qolib ketişgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilişiça, adirliklardan yiğilib kelgan yomğir suvlari Ertoşsoy soyidan töplanib oqib ötgan.
Suv oqimi kuçli bölganligi sababli aholi tomonidan dam oluvçilarning soy orqali harakatlanişi uçun qurilgan vaqtinçalik osma köprik ötkazgiçga zarar yetgan.
“Zudlik bilan hodisa joyiga FVBB, IIB, MG, mahalliy hokimlik va boşqa FVDTxizmatlarining mas’ullari yetib borib, vaziyat nazoratga olingan va dam oluvçilar xavfsiz hududga ötkazilgan. Hodisa natijasida jabrlanganlar qayd etilmadi”, deyiladi FVV xabarida.
Ma’lumot uçun: Ertoşsoy qişloği poytaxt bilan vodiyni ulovçi Qamçiq dovoni yon bağrida joylaşgan turistik hudud hisoblanadi.
















