Uchrashuvda O‘zbekiston – Braziliya munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajada tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish, siyosiy va parlamentlararo aloqalarni faollashtirish muhimligi qayd etildi.
O‘zaro savdo hajmini oshirish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, kimyo, elektrotexnika, farmatsevtika va sanoatning boshqa tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Qishloq xo‘jaligi, seleksiya, turizm, sport va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlik istiqbollari kun tartibida bo‘ldi.
Belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun Hukumatlararo komissiya tuzish taklif etildi.

Tomonlar xalqaro darajadagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak tadbirlar rejasini muhokama qildi.















