Jahon banki 2024 yilgi hisobotiga köra, dunyo böyiça bitiruvçilarning örtaça 41 foizi ta’lim olgan yönalişidan taşqari sohada iş topişga majbur bölmoqda. OECD ma’lumotlariga köra, iş beruvçilarning 75 foizi «universitet bilimlari real iş jarayonlariga töliq mos kelmaydi» deb hisoblaydi. Özbekiston statistika hisob-kitoblariga binoan, sönggi yillarda mamlakat bitiruvçilarining qariyb 60 foizi diplom olganidan keyin iş topişda jiddiy qiyinçilikka uçragan.
Bu — global tendensiya. Va aynan şu tendensiyaga javob sifatida Özbekistonda yangi avlod xususiy oliygohlari ta’lim modelini qayta qurmoqda.
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (UDEA) — Coventry University (Buyuk Britaniya) bilan strategik şeriklik asosida faoliyat yurituvçi xususiy oliy ta’lim muassasasi — bu yönalişda muayyan model taklif etmoqda. Universitetning yondaşuvi uç tarkibiy qismdan iborat.
Birinçi — xalqaro standartdagi diplom
Bitiruvçilarga Coventry University (Buyuk Britaniya) diplomi beriladi. Coventry QS World University Rankings böyiça dunyoning eng yaxşi 600 universiteti qatorida, yoş universitetlar reytingida TOR-23 örinda, Britaniyaning TEF (Teaching Excellence Framework) tizimi böyiça esa eng yuqori — Oltin darajasi bilan taqdirlangan.
Ikkinçi — töliq moliyalaştirilgan grant
"Agrobank" ATB tomonidan 2026–2027 öquv yili uçun UDEA talabalari uçun töliq moliyalaştirilgan 4 yillik grantlar ajratilgan. Grant ta’lim tölovi va butun öquv davri uçun bepul yotoqxona joyini qoplaydi. Talaba öquv tölovi sifatida heç qanday mablağ ajratmaydi.
Uçinçi — öquv jarayoni doirasidagi real iş tajribasi
UDEA talabalari öqiş davomida "Agrobank" ATB tizimi va şeriklik kompaniyalarida amaliy iş jarayonlarida iştirok etadi. Bitiruvçilar uçun "Agrobank" ATB tarmoğida iş bilan ta’minlaniş kafolati nazarda tutilgan. Bu yondaşuv «ta’lim — amaliyot — birinçi iş joyi» zanjirini bir universitet içida birlaştirişga qaratilgan.
«Bizning vazifamiz — talabaga şunçaki diplom emas, balki işonçli karera trayektoriyasi taqdim etiş. Öquv jarayonining özi real biznes muhiti bilan parallel qurilgan bölsa, bitiruvçi mehnat bozoriga tayyor mutaxassis sifatida kiradi. Bu — zamonaviy oliy ta’limning yagona işlaydigan modeli» — UDEA rektori, i.f.d., professor Rustam Abduraupov.















