Tehron AQŞ bilan kelişuv böyiça yangilangan taklifni taqdim etdi: Eron tomoni hujjat yadro dasturi atrofidagi keskinlikni kamaytirişi kerak, deb hisoblaydi. Biroq, Oq uyning ta’kidlaşiça, taklif muhim özgarişlarni öz içiga olmaydi va tomonlarni kelişuvga yaqinlaştirmaydi.
Bu haqda Amerikaning yuqori martabali amaldorlariga tayanib, Axios xabar berdi. Yangilangan matnda Tehron yadro qurolini yaratmaslik niyatini yana bir bor tasdiqladi, biroq uranni boyitişni töxtatiş yoki töplangan zaxiralarni topşiriş böyiça aniq kafolatlar bermadi.
Manbalarga köra, 19 may kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp ehtimoliy harbiy ssenariylarni muhokama qiliş uçun milliy xavfsizlik jamoasi bilan yiğiliş ötkazadi.
Fars ma’lumotlariga köra, may oyi örtalarida. Vaşington Erondan 400 kg boyitilgan uranni olib çiqiş va mamlakat yadroviy infratuzilmasini faqat bitta obekt bilan çeklaş talabini öz içiga olgan rejani taklif qildi. Şu bilan birga, Amerika tomoni Eronga tovon tölaşdan rasman boş tortdi.
Avvalroq, muzokaralar guruhiga yaqin bölgan Tasnim manbasi Eron va AQŞ tinçlik takliflari örtasidagi asosiy kelişmovçiliklar saqlanib qolayotganini ma’lum qilgan edi.













