O‘zbekiston | 18:47
4693
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston harbiy prokurori o‘zgardi

O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Otabek Akbarovich Xolboyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Otabek Xolboyev

Otabek Xolboyev muqaddam Toshkent harbiy prokurori, harbiy prokurorning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan, 2025 yil mayida Botir Qudratxo‘jayev o‘rniga bosh prokuror o‘rinbosari – harbiy prokuror lavozimiga tayinlangandi.

Prezidentning boshqa bir farmoni bilan Qahramon Anvarovich Isroilov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimiga tayinlandi.

Qahramon Isroilov. Foto: Bosh prokuratura

Qahramon Isroilov esa muqaddam Navoiy harbiy prokurori bo‘lgan, 2022 yil dekabridan buyon O‘zbekiston harbiy prokurori o‘rinbosari sifatida ishlayotgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid