Xatirçi tumanining Yangirabod mahallasida paydo bölgan noma’lum yirtqiç hayvon aholining mol-qöyiga hujum qilyapti. Sönggi uç kun içida maxluq tomonidan bir buzoq va 23 boş qöy böğizlab ketilgan. Navoiy viloyati Ekologiya boşqarmasi uşbu hayvon çiyaböri ekanligini bildirdi. Hudud aholisi esa çiyaböri birdaniga bunçalik köp qöyga zarar yetkaza olmasligini aytmoqda.

Yangirabod mahallasi Xatirçi tumanining markazi hisoblanadi. Şunday bölişiga qaramay, hududda paydo bölgan noma’lum hayvon aholini xavotirga solib qöydi. Sababi, yirtqiç maxluq fuqarolarning çorvasiga ikki bor hujum qildi. Odamlar uning nima ekanligini bilişolmayapti. Kimlardir böri desa, kimlardir bu itning işi bölişi mumkinligini aytmoqda. Ammo hozirgaça biror kimsa uni öz közi bilan körmagan.
Bu hududda böri bölişi haqiqatdan ança yiroq. Oddiy daydi itlar ham birdaniga köp qöyga zarar yetkazişi işonarsiz holat.
Noma’lum yirtqiçning ilk hujumi 8 iyul kuni kuzatilgan. Qişloqda yaşovçi fuqaro Boliqul Jalilov öziga tegişli yer uçastkasida mollarini qoldirgan. Erta tongda ulardan xabar olgani borgan xonadon egalari buzoqlardan biri böynidan böğizlab ketilganligini körgan.

“Bir yoşga yetay degan buzoğimizni nimadir talab, böğizlab ketibdi. Katta mollarimiz ipini uzib qoçgan, lekin bu buzoqça ipini uzolmagan. Atrofida uçga yaqin it aylanib yurgan ekan. Katta-katta daydi itlar ham köp. Endi buni itlar qildimi yoki boşqa hayvon qildimi, bilmaymiz. Mol boqişning özi bölmasa, boşqa mollarimizga ham zarar yetkazişidan xavotirdamiz”, — deydi xonadon bekasi Malohat Jalilova.

Oradan ikki kun ötib, 9 iyuldan 10 iyulga ötar keçasi noma’lum hayvon yana qişloq oralagan. Bu safar u qöraga qamalgan 72 boş qöydan 23 boşini böğizlab, 10 boşdan ortiğini esa yarador qilib ketgan.















