Bu haqda prezidentning “Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillaştiriş va soliq ma’muriyatçiligida zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida belgilangan.
Farmonga köra, yangi taşkil etilgan tadbirkorlik sub’yektlariga ularning ixtiyoriga binoan dastlabki olti oy mobaynida soliq va moliyaviy hisobotlarni yuboriş xizmati “Soliq-servis” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bepul amalga oşiriladi.
Hujjatda soliq xizmatlari sifatini yaxşilaş, soliq tölovçilarning soliq organlariga bölgan işonçini mustahkamlaş hamda 2030 yilga qadar Jahon bankining Business ready reytingida soliq yönalişi böyiça birinçi darajaga çiqiş asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilangan.
Şuningdek, 2026 yil 1 iyuldan tekşiruvdan oldingi tahlil jarayonida aniqlangan tafovutlar böyiça aniqlaştirilgan soliq hisoboti yoki asoslovçi hujjatlarni taqdim etiş majburiyati bekor qilinadi.
Bundan taşqari, soliq xavfi örta darajada bölgan soliq tölovçilarga aniqlangan xavflar haqida xabarnoma yuboriş tizimi joriy etiladi. Agar tadbirkor aniqlangan kamçiliklarni bir oy içida bartaraf etsa, unga nisbatan soliq tekşiruvi ötkazilmaydi.
2026 yil 1 avgustdan esa soliq organlarining mijozlarga yönaltirilganlik indeksi joriy qilinib, soliq tölovçilarga xizmatlar sifati va qulayligini baholaş imkoniyati yaratiladi.

















