Isroil 26 may kuni Ğazoga uyuştirilgan hujumda HAMAS harbiy qanoti qömondoni Muhammad Audani öldirganini ma’lum qildi, deb xabar berdi BBC.
Mahalliy şifokorlar va guvohlarning sözlariga köra, Isroil Ğazo şahrining eng gavjum bozor hududlaridan biridagi turar-joy binosiga uyuştirgan hujumi oqibatida kamida uç falastinlik halok bölgan, yana önlab kişilar jarohatlangan.
Isroil harbiylari va Şin Bet xavfsizlik xizmati Auda uçun boşpana bölib xizmat qilgan binolar uning harakatlari bir neça oy davomida kuzatilganidan keyin hujumga uçraganini ma’lum qildi.
Guvohlarning xabar berişiça, binoga turli yönalişlardan deyarli bir vaqtning özida kamida beşta raketa urilgan. Aholidan birining aytişiça, hujumdan oldin osmonda aylanayotgan vertolyot ovozini eşitgan.
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi Audani «7 oktabr qirğinining me’morlaridan biri» deb atadi.
Uning bu lavozimdagi ötmişdoşi Izzaddin al-Haddod may oyi boşida Isroil havo hujumi oqibatida halok bölgan edi.
10 oktabr kuni sulh kuçga kirganidan beri Isroil butun Ğazo hududiga muntazam ravişda zarbalar bermoqda.
HAMAS bir neça bor Isroilni sulh şartlarini buzganlikda va tinç aholiga hujum qilganlikda ayblagan. HAMAS nazorati ostidagi Falastin Soğliqni saqlaş vazirligi sulh davrida Isroil zarbalari oqibatida 900 dan ortiq odam halok bölganini ma’lum qildi.
Isroil hukumati HAMAS a’zolariga zarba beriş huquqiga ega ekanini da’vo qilmoqda va öz navbatida guruhni qurolsizlanişdan boş tortgani uçun sulh şartnomasini buzganlikda ayblayapti.













