Muhokamaga qöyilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga köra, reyting tizimi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi tomonidan yuritiladi. Baholaş natijalari har yili qömitaning rasmiy veb-sayti hamda maxsus greencities.uz elektron platformasida e’lon qilib boriladi.

Loyihada davlat idoralarida “yaşil ofis” tamoyillarini joriy etiş, qoğoz sarfini qisqartiriş, elektron hujjat aylanmasini kengaytiriş, qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş, çiqindilarni saralaş va energiya hamda suvni tejovçi texnologiyalarni qöllaş kabi çora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Şuningdek, ekologik taşabbuslarda faol iştirok etgan xodimlarni rağbatlantiriş, ekologik mezonlarni samaradorlik körsatkiçlariga kiritiş va har yillik “yaşil hisobot” tayyorlaş taklif etilmoqda.

Hujjatga köra, davlat organlarining ekologik samaradorligi tabiiy resurslardan foydalaniş, suv va energiya tejamkorligi, çiqindilarni boşqariş, “yaşil iqtisodiyot” tamoyillarini joriy etiş, ekologik tarğibot va raqamli texnologiyalardan foydalaniş kabi yönalişlar böyiça baholanadi.

Reyting natijalariga köra taşkilotlar yuqori, örtaça va past samaradorlik toifalariga ajratiladi.