Toşkent viloyatiga Zoyir Mirzayev hokim bölib kelişidan heç qança vaqt ötmay, hokimlik binosi atrofini örab turgan panjaralar olib taşlandi. Panjaralar örniga daraxt köçatlari ekilişi ma’lum qilindi.

Bu voqeadan keyin yana qaysi viloyat hokimliklarida panjaralar olib taşlangani, qaysilarida saqlanib qolayotgani bilan qiziqdik.
Qashqadaryo viloyati
Uşbu viloyat hokimligida, boşqalari kabi, panjara ança yillardan buyon bölib kelgan, biroq viloyatga Zoyir Mirzayev hokim bölib kelişi bilan ular olib taşlangan. Hozirda aholi istasa, hokimlik oldidagi boğda ham sayr qilib yurişi mumkin.

Foto: qashqadaryo.uz

Foto: yandex.com
Hokimlik axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, Zoyir Mirzayev davrida viloyatdagi barça tuman hokimliklarining panjaralari ham olib taşlangan.
Samarqand viloyati
Uşbu viloyat hokimligi ham muqaddam panjaralar bilan öralgan bölgan. Erkinjon Turdimov hokim bölib kelganidan söng, panjaralardan voz keçilgan.

Foto: Kun.uz

Foto: Kun.uz
Hokimlik matbuot kotibi Manuçehr Mirzayevning bildirişiça, nafaqat viloyat, balki tuman hokimliklarida ham panjaralar yöq.


























