Özbekistonda hokimliklarning litsenziyalaş va ruxsat berişga oid bir qança vakolatlari boşqa davlat organlariga ötkazildi. Tegişli hukumat qarori 7 iyul kuni imzolangan.

Adliya vazirligi xabariga köra, hujjat bilan,

  • çet tillarni örganiş böyiça öquv kurslarini taşkil etiş faoliyatini litsenziyalaş – Xalq ta'limi vazirligi va viloyat xalq ta'limi boşqarmalariga;
  • dori vositalari va tibbiy buyumlarni çakana realizatsiya qilişni litsenziyalaş – Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligining hududiy bölinmalariga;
  • rieltorlik faoliyatini litsenziyalaş – Davlat aktivlarini boşqariş agentligining hududiy boşqarmalariga;
  • alkogol mahsulotlari bilan çakana savdo qilişga ruxsat etuvçi maxsus guvohnomalar beriş – tuman (şahar) soliq inspeksiyalariga ötkazildi.

Eslatib ötamiz, 2020 yilgi davlat dasturi loyihasida hokimlarning vakolatlarini qayta körib çiqiş, ularga xos bölmagan va takrorlanuvçi funksiyalarni tegişli organlarga ötkaziş belgilangan.

Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev şu yil boşida parlamentga qilgan murojaatida ham aytib ötgandi.

«Amaldagi qonun hujjatlarida hokimliklarning 300ga yaqin vazifa va funksiyalari nazarda tutilgan. Şundan 175tasi mazmun-mohiyatiga köra hokimlarning asosiy vazifalari toifasiga kirmaydi va turli idoralarning funksiyalarini takrorlaydi», – degandi davlat rahbari.