Ma’lum qilinişiça, 7 aprel kuni YPX xodimlari Karmana tumanida Samarqand-Navoiy yönalişi böylab harakatlanayotgan Lacetti avtomobilini töxtatganida haydovçi maşinani mast holda boşqarib kelayotgani aniqlangan.

Haydovçining otasi qoidabuzarlik uçun hujjatlarni sudga taqdim etmaslik va maşinani jarima maydonidan çiqarib beriş evaziga ming dollar pora taklif qilgan.

Xodim uşbu holat haqida içki işlar organiga xabar bergan. Tyezkor tadbir ötkazilib, fuqaro inspektorga ming dollar pora berişga urinayotgan paytda qölga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Kapitan Şerbek Turxonov pora olmagani uçun davlat tomonidan bazaviy hisoblaş miqdorining 30 baravari miqdorida (12 million 360 ming söm) pul mukofoti bilan taqdirlangan.