29 mayga ötar keçasi Rossiya dronlaridan biri (ovozidan Şahedʼga öxşadi) Ruminiyadagi köp qavatli binolardan biriga borib urildi. Yana bir dron dalaga qulagani aytilmoqda. Ukraina çegarasidagi bu davlatga avval ham ruslarning droni qulagandi, lekin bu gal şovqini olamni buzadigan Eron brendidagi dron turar joy binosiga borib urildi. Ikki kişi yaralandi, kamida 70 kişi evakuatsiya qilingan.

Ruslar Kiyevga otayotgan raketalar oldida bittagina dron nima bölibdi, deyişingiz mumkin, lekin Ruminiya uruşga qöşilmagan davlat. Va eng muhimi bu davlat 22 yildan buyon NATOning tölaqonli a’zosi. Lekin alyans a’zo davlatdagi tinç aholi ustiga jangovar dron qulaşiga doimgidek «xavotir va norozilik bildirilgan» degan bayonot bilan javob bera oldi xolos. Bunday yengil reaksiyadan keyin Rossiyaning oxirgi paytlarda faol qöllayotgan masofaviy uruş taktikasiga işonçi oşdi.

Osmon joyida

Rossiya uruş boşidan buyon Ukrainada bilganini qilib yotibdi, lekin Donald Tramp Amerika prezidentligiga qaytgaç, ruslar uçun bu borada vaziyat yanayam yaxşilandi. Vaşingtondagi oldingi ma’muriyat Rossiyaning bu qadar keskin harakatlaridan keyin qandaydir çoralar körayotgandi. Masalan, uruş boşida dahşatdek tuyulgan qarorlar, aytaylik, Ukrainaga NATO armiyalaridagi tanklar, HIMARS kabi qurollar, Patriot kabi mudofaa tizimlari yetkazib beriş qarori aynan ruslarning qaysidir harakatidan keyin qabul qilingandi.

Bu, albatta, Putinning armiyasini tiyib turiş vazifasini bajarmagan, lekin ruslar har qanday keskin harakatidan keyin qandaydir çora bölişini, heç bölmasa qanaqadir yangi sanksiya joriy etilişini his qilib turgan. Esingizda bölsa, uruş boşlangani haqida e’lon qilgan Putin boşqa davlatlarni aralaşmaslikka çaqirib, «aks holda yomon bölişidan» ogohlantirgandi. Lekin har gal yangi eskalatsiyadan keyin Putinning özi belgilagan «qizil çiziq»lar kattalaşib boraverdi. Vaziyat şunçalikka bordiki, Ukraina Rossiyaning butun boşli şahrini egallab olib, u yerda harbiy rahbariyat örnatdi, şahar bir yilça Kiyev nazoratida böldi.

Tramp kelgaç, barçasi özgardi. Endi Rossiyaning heç qaysi harakatiga javob berilmayapti. Çunki xohlaymizmi-yöqmi, kollektiv Ğarbning yölboşçisi Amerika. Rossiyaning harakatlariga Amerika javob bermasa, NATOdagi boşqa heç bir a’zo javob berolmaydi. Yölboşçi Yaqin Şarqdagi bir burda davlat manfaati uçun Eron bilan uruşib yurgan bir vaqtda Rossiya butun boşli yadroviy kallakni olib uçadigan önlab qurollarni Kiyevday ziç şahardagi tinç aholi ustiga uçirişiga kim ham reaksiya bildirardi? Rossiyaga faqat Ukrainaning özi bir amallab işlab çiqarayotgan dronlari bilan javob bera olyapti xolos. Ammo dron qayoqda-yu, yadroviy kallakni olib uçadigan raketalar qayoqda.