Andijonda içki işlar xodimi voyaga yetmagan şaxsning nomusiga tekkani haqidagi xabarlarga viloyat prokuraturasi izoh berdi.
Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 3 iyun kuni Qörğontepa tumanida yaşovçi 2010 yilda tuğilgan voyaga yetmagan U.Ya. öz uyidan noma’lum tomonga çiqib ketib, qaytib kelmagan.
Tuman prokuraturasi ötkazgan tergovga qadar tekşiruvda aniqlanişiça, Andijon viloyat IIB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markazi inspektori – ijtimoiy xodimi lavozimida işlagan S.B. voyaga yetmagan U.M.ni Andijon şahrida joylaşgan köp qavatli uyga olib borib, u bilan jinsiy aloqa qilgan.
Holat yuzasidan 4 iyun kuni S.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, sud ajrimi bilan gumonlanuvçiga “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan.
- 128-moddaning bu bandi – 16 yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqada böliş jinoyati jabrlanuvçiga ğamxörlik qiliş majburiyati yuklatilgan şaxs tomonidan sodir etilişini nazarda tutadi. Bunday qilmiş 8 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Hozirda Qörğontepa tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Inson huquqlari faoli Abdurahmon Taşanovning yozişiça, mazkur işda gumonlanayotgan 41 yoşli mayor 2004 yilgi Olimpiadaning boks böyiça bronza medali sohibi hisoblanadi.













