Murojaatçilardan biri – xatirçilik Otabek Şaripov. U nogiron bölişiga qaramay, bor budini firib tizimining bir halqasi bölmiş örtakaşga işonib topşirgan. Unga: “Öğlingiz bir oy içida Koreyaga ketadi”, deyişgan. Oradan yillar ötib, örtakaş hibsga olingan.
Bir muddat oldin Boş prokuratura huzuridagi Departament Koreyaga işga yuboriş bilan boğliq yirik korrupsion sxemani foş etgani haqida xabar bergandik.
- Özingizni taniştiring.
- Men Şaripov Otabek, Navoiy viloyati Xatirçi tumanida yaşayman. Nogironman. Bir öğlim, ikki qizim bor. Koreya davlatiga deb jyeton degan narsa tarqatildi. Öğlim Toşkentda işlardi.

- Qaçon böldi bu?
- 2024 yilda. Keyin öğlim ham şu jyetonni oldi. 24 dollar tölanar ekan. Jyetonni olgandan keyin yöl-yöriqni körsatadigan odam bormi deb suriştirdik. Özimizning mahallada yaşovçi Norxonov Baxtiyorni tavsiya qilişdi odamlar.
- Odamlar? Kimlar ular, tanişlarmi?
- Ha, tanişlarim tavsiya qildi. Gaplaşdik. Toşkentga keling dedi. Norxonov Baxtiyorning özi Toşkentda yaşarkan. Uçraşdik. Aka, xarajatlarini qilsangiz, yöl-yöriqlarini örgataman dedi. 10 mingdan 15 minggaça xarajati bor dedi. Men uyimning bir qismini sotgan edim. Yotgan pulimdan keçdim-da, bitta-yu-bitta öğlim Koreya davlatiga borib işlasa, biz ham yaxşi kun körib ketamiz degan maqsadda, öşa pulni dollarga almaştirib, berdim. “Uç oygaça nasib bölsa öğlingiz Koreya davlatiga kirib boradi”, dedi. Birinçi imtihonda öğlimning örniga bir tayinlangan bolani kirgizibdi ekan. Kirib, 86 ball olib çiqibdi. Öğlimga “ikkinçisiga özing kirasan”, dedi. Pulni berdik. “Zagranpasport”ni oldik.
Keyin öğlim bir hafta davomida koreys tilini örganiş uçun qatnadi, 700 dollar berdik. Tilni örgatadigan “Çoson” degan joyga bordi. “Çoson” migratsiya taşkiloti qoşida ekan. Ana şu Baxtiyor bizlarga maslahat berdi.
- Haftasiga 700 dollar olişdimi sizdan?
- Ha.












