Bugun özbek futboli uçun tarixiy kun. Milliy jamoamiz JÇlaridagi ilk öyinida maydonga tuşdi. Ha, biz juda kuçli, vahşiy Kolumbiyaga mağlub böldik, lekin pozitiv jihatlar ham bor. Köpçilik debyut öyinida «soçilib ketişimiz», nazorat izdan çiqişidan qörqqandi. Bunday bölmadi, futbolçilarda hayajon, xatolar böldi, lekin dovdiraş, «mandraj» bölmadi. Şaxsan men öyindan xursand böldim, afsonaviy futbolçi Kannavaro jamoaga xotirjamlik qöşa olibdi.
Birinçi gol bor
Demak öyindagi eng pozitiv jihat mundiallardagi ilk golimizni urganimiz böldi. Özbekiston natija kerak deb quruq, antifutbol öynamadi, imkon qadar hujumkor, yorqin öyin körsatişga, töpni nazorat qilişga urindi. Ayniqsa gol urgan vaziyatimizda hamma zör öynadi: markazdan hujumni boşlagan Otabek ham, juda töğri «kalit uzatma» bergan Akmal Mozgovoy ham, oxirigaça kuraşib, töpni Eldorga uzatgan Doston ham, darvozabon uçun yoqimsiz zarba bergan Şomurodov va juda zör joy tanlagan Abbos ham. Özbekiston 80 ming muxlis sariq libosda Kolumbiya deb baqirayotgan stadionda hisobda ortda borayotib, muvozanatni tikladi, tasavvur qilyapsizmi?
Keyingi pozitiv jihat jamoadagi xotirjamlik. Fabio Kannavaro öz tajribalarini örtoqlaşib, futbolçilarga xotirjamlik bera olgani körindi. Şaxsan men heç bir futbolçining oyoği qaltiraganini körmadim. Agar hakam kolumbiyalik futbolçi Eldor bilan kuraşda töpni qöli bilan öynagani uçun penalti berganida, vaziyat butkul boşqaça bölib ketardi. Özi bu çempionatda hakamlar juda ğalati qarorlar qabul qilyapti. Jarima maydonçasi içida himoyaçi töpni notabiiy holatdagi qöli bilan öynasa, qanday penalti bermaslik mumkin, janob Teylor? APLda qöl bilan öynaş mumkinmi yoki?
Xatolar
Kolumbiya yuqori darajadagi jamoa ekani yaqqol körindi. Bu Özbekistonning butun tarixidagi eng kuçli raqibi böldi. Kolumbiya aslo biz mağlub etgan Venesuelaga öxşamaydigan, haqiqiy Lotin Amerikasi an’analariga xos agressiv, vahşiy öyin körsatadigan jamoa. Bunday xarakterdagi jamoaning deyarli barça futbolçilari Yevropa klublarida öynaşi ularni yanada qörqinçli qiladi.
Kolumbiya bizni kuçli öyini bilan mağlub etdi, lekin oxirgi ikki gol bizning xatolardan keyin urilganini ham tan olişimiz kerak. Ikkinçi golda Şomurodov markazda töpni yöqotdi. Kolumbiya juda tez qarşi hujumga ötdi va gol urdi. Zarbani Yusupov qaytarsa bölardi, töpga qöli tegdi ham. Uçinçi golda Örozov yakkama-yakka kuraşda raqibni ötkazib yubordi. Jahongir töpni autga tepib yuborişi ham mumkin edi, lekin 1:2 hisobida biz hujum qilişimiz kerak edi, şu sabab u töpni maydonda saqlab qolib, hujumga yetkazib berişga umid qilgandi. Jamoa butunlay hujumga e’tibor qaratgani uçun uçinçi gol vaqtida himoyada konsentratsiyani yöqotib qöydi.
Afsonaviy «Atsteka»
Qisqaça Özbekiston qanaqa atmosferada öynagani haqida. Kolumbiya bilan öyinimiz Mexikodagi afsonaviy «Atsteka» stadionida ötkazildi. Öyinni 80 824 muxlis çipta sotib olib stadiondan tomoşa\ qildi. Şundan 80 mingi kolumbiyalik muxlislar edi, menimça. Butun stadion sariq libosda edi axir.
«Atsteka» uçta jahon çempionati öyinlarini qabul qilgan yagona stadionga aylandi. Bungaça 1970 va 1986 yilgi mundial ham ötgan bu afsonaviy arenada. Pele boşçilik Braziliya aynan şu stadionda ketma-ket uçinçi jahon çempionligini qölga kiritib, oldingi jahon kubogi sovrinni butunlay öziniki qilgan. Aynan şu stadionda Maradona Angliyaga qöl bilan maşhur golini urgan va keyinçalik jahon çempioni bölgan. Va endi ana şu afsonaviy stadionda Abbosbek Saidjon öğli Özbekistonning mundiallardagi ilk golini urdi!
Menda bu öyindan keyin jamoamizga işonç oşdi. Portugaliya bilan bundan ham yaxşiroq öynay olişimizga işondim. Xatolardan töğri xulosa qilib, endi butkul hayajonsiz öynaşimiz kerak.











