Rossiyada yoqilği inqirozi avj olmoqda. Ukrain dronlari mamlakatning turli hududlaridagi neftni qayta işlaş zavodlariga hujumlarni davom ettirmoqda. Bunday hujumlar tufayli neftni qayta işlaş korxonalari faoliyatini töxtatişga yoki işlab çiqarişni qisqartirişga majbur bölmoqda. Mamlakatning turli qismlarida yoqilği quyiş şoxobçalariga mahsulot yetkazib berişda uzilişlar boşlangan. Şu bilan birga, rasmiylar köp hollarda benzin uçun uzun navbatlar yuzaga kelayotganiga yoqilği yetişmovçiligi emas, balki «talab haddan taşqari oşib ketgani» bilan boğlamoqda.
Boş vazir örinbosari Aleksandr Novak RF prezidentiga yoqilği bozoridagi vaziyat nazorat ostida ekanini aytib hisobot berdi. Şu bilan birga, Novak «ayrim regionlarda va ayrim avtomobillarga yoqilği quyiş stansiyalarida vaqti-vaqti bilan yuzaga keluvçi obektiv logistika muammolari» mavjudligini tan olgan. Rasmiy xabarlarga köra, Novak neftni qayta işlaş zavodlari benzinni kamroq işlab çiqarayotganiga ukrain dronlarining hujumlari sabab bölayotgani haqida töxtalmagan. Undan farqli ravişda, «Rosneft» rahbari, yoqilği inqiroziga qarşi kuraş böyiça öz çora-tadbirlar röyxatini tayyorlagan Igor Seçin Putinga yöllagan maktubida dronlar zarbalari oqibatida Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga «misli körilmagan darajada zarar yetkazilgani» haqida ma’lum qilgan.
Hozirça rasmiylar körayotgan çoralar aytarli natija bermayapti. Har kuni Rossiyaning qaysidir hududida yoqilği sotiş çeklangani töğrisida xabarlar çiqmoqda. Qayerdadir benzinni kanistrga ğamlab olib ketişning özigina taqiqlangan bölsa, qayerdadir bitta avtomobil uçun sotib oliş mumkin bölgan benzin miqdoriga limit belgilanmoqda. Ayrim regionlar rasmiylari bunday çeklovlarni hukumat emas, balki yoqilği quyiş şoxobçalari (masalan, Moskva va Sankt-Peterburgda) joriy etayotganini ta’kidlamoqda.

Igor Ivanko / AFP / Scanpix / LETA
Quyida 24 iyun holatiga rasmiy çeklovlar amalda bölgan regionlar röyxati. Unga aholisi yoqilği taqçilligi yuzaga kelganidan şikoyat qilayotgan, ammo rasmiylar (hozirça) çeklovlar haqida rasman e’lon qilmagan hududlar kirmagan.
Adigey
Belgorod oblasti
Bryansk oblasti













