DXX, IIV va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda sintetik giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga çek qöyildi.

Ma’lum qilinişiça, Yaqin Şarq davlatlaridan birining fuqarosi dala maydonidagi xufiya joydan 970 gr «Mefedron» narkotik moddasini qazib olib ketayotgan vaqtida uşlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, xorijlikning Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumanidagi vaqtinça yaşaş xonadonidan 2 dona elektron tarozi, termoizolentalar va boşqa buyumlar aşyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda dastlabki suriştiruv işlari olib borilmoqda.