Hukumat qarori bilan talabalar turar joylarini davlat-xususiy şeriklik asosida quriş va moliyalaştiriş tartibi yangilandi.

Endilikda tadbirkorlar davlat bilan hamkorlikda zamonaviy talabalar turar joylarini quradi, davlat esa ularni moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlaydi.

Yangi tartibga köra, DXŞ asosidagi loyiha kamida 200 örinli talabalar turar joyi uçun amalga oşiriladi.

Şuningdek, DXŞ belgilangan limit doirasida har bir yotoq örni uçun quriliş xarajatlarining 50 foizigaça subsidiya ajratadi.

Talabalar turar joyi uçun tölov miqdori davlat va xususiy şerik örtasidagi kelişuv asosida belgilanadi.

Davlat qabul komissiyasi orqali joylaştirilgan talabalar uçun yotoqxonani saqlaş va foydalaniş xarajatlarining 50 foizigaça davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.

Agar yotoqxonada böş örinlar qolsa, ularga boşqa oliy ta’lim taşkilotlari talabalari ham joylaştirilişi mumkin.

Şuningdek, yotoqxona uçun ajratilgan yer maydonida bitimda belgilangan yotoq örinlardan taşqari böş maydonlardan tadbirkorlik faoliyati uçun foydalanişga ruxsat beriladi.

Davlat subsidiyalari maxsus elektron platforma orqali talabalarning biometrik identifikatsiyasi asosida hisoblanadi.

2026 yil 1 iyuldan boşlab davlat OTTlari buyurtmasi asosida tadbirkorlar tomonidan 50 örinli yangi yotoqxonalar quriş amaliyoti bekor qilinadi. Avval boşlangan loyihalar esa amaldagi bitimlar muddati tugaguniga qadar davom ettiriladi.