Olimlar sun’iy intellekt rivoji uç bosqiçdan iborat bölişini aytadi. Hozirgi birinçi bosqiç – har biri alohida yönalişlarga ixtisoslaşgan çatbotlar davri. Janubiy Koreyadagi Gaçon universiteti sun’iy intellekt professori Jumabek Alixonov Kun.uz bilan suhbatda SIning mehnat bozoriga ta’siri va texnologiyaning keyingi avlodlari qanday bölişi haqida sözlab berdi.
“Sun’iy intelleksiz işlaringiz sekinroq bitadi”
Sun’iy intellektni örganiş juda muhim, sababi – birinçi örinda siz bozorda aktual qolişingiz kerak. Bu nima degani? Masalan, sun’iy intellektni bilgan advokat bir soatda ma’lum bir işlarni bajaradi, bilmagan advokat özi har bitta hujjatlarni tahlil qilib, aytaylik, 10 kun vaqt sarflar.
Ikkinçidan, sun’iy intellekt bu – ot. Otingiz bölmasa, işlaringiz sekinroq bitadi: manzilga sekin borasiz, qimmatroqqa borasiz, özingiz qiynalasiz, yoki umuman qila olmaysiz.
Uçinçidan, odamlar qilişni istamagan mayda-mayda zerikarli narsalarni asta-asta sun’iy intellektga ötkazişimiz kerak.
Sun’iy intellektdan töğri foydalaniş
Sun’iy intellektdan töğri foydalaniş uçun sun’iy intellektning özi nimaligini yaxşi tuşunib olişimiz kerak. Masalan, ChatGPT kabi çatbotlarni işlatayotganda prompt yoziş. Köpçilik savolini oddiygina sörab qöya qoladi. Lekin sun’iy intellekt savolingizga kim sifatida javob berişi kerak, javob berayotganda özini kimdek tutişi kerak, ekspertmi, ustozmi yoki döstmi, kontekst nima – bularning barçasi promptga kiritilsa, javob ança sifatliroq çiqadi.
Bu narsa role-play deyiladi, ya’ni ChatGPT özini kim deb hisoblab javob berişi kerakligini unga aytişingiz kerak. Çunki ChatGPT – nihoyatda katta hajmdagi ma’lumotlarni yodlab olgan model, ya’ni unda ma’lumotlar juda köp. Biz promptni qançalik aniqlaştirib bersak, şunga yaraşa sifatli javob çiqib keladi.
SI ortidagi xavf
Sun’iy intellekt olib kelayotgan xavflardan bittasi – kasblarni ostin-ustun qilib taşlaşi. SI takrorlanuvçi işlarning hammasining örnini egallaydi. Hatto jarrohlik amaliyoti qilişni ham sun’iy intellekt oladi, çunki bu – takrorlanuvçi iş. Odamlar jarrohlik operatsiyasini qiyin narsa deb öylaydi, töğri, lekin bu – takrorlanuvçi jarayon. Operatsiyalar bir-biriga öxşaydi. Sun’iy intellekt ma’lumotlarni örganib işlagani uçun, takrorlanuvçi işlarda ma’lumotni yiğiş imkoni bor bölgani uçun, ana öşa kasblarni örganib oladi.











