Bugun, 11 iyul kuni soat 17:50 da «Qamçiq» maxsus qutqaruv boşqarmasiga dovondan ötgan A-373 avtomobil yölining «Toşkent–Vodiy» yönalişida harakatlangan «Lasetti» rusumli yengil avtomobilda yonğin bölayotganligi töğrisida xabar kelib tuşgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, avtomobil haydovçisi boşqaruvni yöqotib, yöl çetidagi temir tösiqqa urilgan. Töqnaşuv oqibatida avtomobilning elektr tizimida qisqa tutaşuv yuzaga kelib, yonğin sodir bölgan. Avtomobilda yolğiz bölgan haydovçi darhol transport vositasidan tuşib, xavfsiz joyga çiqqan.

Xabarga asosan «Qamçiq» maxsus qutqaruv boşqarmasining qutqaruv ekipajlari tezkorlik bilan yetib borib, yonğinni töliq bartaraf etişgan.

Hozirda yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq.