Dubay port operatori DP World Birlaşgan Arab Amirliklarining şarqiy qirğoğida muhim Jabal Ali portiga qaramlikni kamaytiriş va Hörmuz böğozini çetlab ötiş uçun yangi port va konteyner terminalini qurişni rejalaştirmoqda, deb yozdi Financial Times.

Gazeta manbalariga köra, Dubay port operatori Fujayra qirğoq zonasida mutlaqo yangi köp funksiyali port va amirlikning mavjud bandargohida yangi terminal quriş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Port quvvatlarining bir qismini Dubaydan taşqariga köçiriş Jabal Alining ösişi tufayli global savdo va moliya markazi maqomini olgan amirlik uçun tub özgarişlarni anglatadi.

DP World rejalari BAA hukumatining AQŞ va Isroil hujumlaridan söng Eron dronlari va raketa hujumlaridan jabr körgan böğozga qaramlikni kamaytiriş orqali mamlakat iqtisodiyotini Eronning kelajakdagi ehtimoliy duşmanlik harakatlaridan himoya qilişga qaratilgan keng qamrovli taşabbusiga mos keladi.

Yangi loyiha DP World kompaniyasining Ömon körfazidagi faoliyatini kengaytirib, konteynerlarga böğoz orqali ötmasdan mamlakatga kiriş va undan çiqiş imkonini beradi, şundan söng ular quruqlik orqali Dubay, Abu-Dabi va Fors körfazidagi qöşni mamlakatlarga yuk maşinalari orqali taşiladi.

Eron AQŞ va Isroil zarbalariga javoban böğozni yopganidan söng, Jabal Alidagi faollik 90-95 foizga kamaydi, bu esa port operatorini dengiz yöliga muqobil yöllarni izlaşga undadi. Qayd etilişiça, DP World hozir hukumat amaldorlari bilan kelişuvning dastlabki şartlarini muhokama qilmoqda, yangi loyihaning tuzilişi va moliyalaştirilişi esa hali töliq ma’lum emas. Kompaniya yuqori martabali vakilining sözlariga köra, yangi port bir yarim yil içida qurib bitkazilişi mumkin.

Ötgan yili 15,6 million yigirma futlik konteynerlarga işlov bergan Jabal Ali porti Dubayning global logistika va reeksport markaziga, xususan, Xitoy va Afrika örtasida şakllanişida muhim rol öynadi. Biroq, uning joylaşuvi portni Eron va Ummon örtasidagi tor suv yöliga boğliq qilib qöymoqda.