Prezident Şavkat Mirziyoyev pensiya tizimini isloh qiliş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Qayd etilişiça, ön yilda mamlakatda pensiya miqdori 3,3 barobar oşirildi, uning eng kam miqdori minimal iste’mol xarajatlari darajasidan yuqori belgilandi. 2021 yilgaça 1,1 mln nafar fuqaroning pensiyasi 400 ming sömdan kam bölgan. Bugungi kunda eng kam pensiya miqdori 878 ming sömni, minimal iste’mol xarajatlari esa 715 ming sömni taşkil etmoqda.

Jamğarib boriladigan pensiya tizimi rivojlangan mamlakatlarda pensiya mablağlari iqtisodiyot uçun uzoq muddatli resurs vazifasini ötaydi. Hisob-kitoblarga köra, Özbekistonda pensiya tizimi töğri yölga qöyilsa, iqtisodiyotga uzoq muddatli mablağlarni jalb qiliş mumkin. Buni Xalqaro valuta jamğarmasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro mehnat taşkiloti ekspertlari ham tasdiqlamoqda.

Şu bois pensiya tizimini ilğor xorijiy tajriba asosida isloh qiliş, jamğarib boriladigan, xususiy va korporativ pensiya tizimlarini rivojlantiriş zarurligi ta’kidlandi.

Hozirda fuqarolar iş haqining 0,1 foizi jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağiga ötkaziladi. Uşbu mablağlarga hisoblanadigan yillik 10 foizlik daromad bank omonatlaridan qariyb ikki barobar kam.

Şu munosabat bilan mazkur tizimning jozibadorligini oşiriş va aholini unda faol iştirok etişga rağbatlantiriş böyiça yangi mexanizmlar taklif qilindi.

Xususan, oylik iş haqi 7,6 million sömgaça (pensiya hisoblaş bazaviy miqdorining 15 baravari) bölgan fuqaro jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağiga iş haqining 5 foizini ötkazsa, davlat tomonidan qöşimça yana 2,5 foiz miqdorida mablağ ajratiş közda tutilmoqda.

Oylik iş haqi 7,6 million sömdan yuqori bölgan fuqarolar uçun esa tölangan ijtimoiy soliqning şu miqdordan oşgan qismining 1 foizini ularning jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağiga ötkaziş taklif etildi.

Şuningdek, pensiya miqdorini hisoblaş tartibini takomillaştiriş ham közda tutilmoqda. Amalda pensiya oxirgi ön yillik mehnat faoliyatidagi beş yillik iş haqidan hisoblanadi. Şuningdek, iş haqining 6 million sömdan yuqori qismi hisobga olinmaydi. Bu ayrim hollarda fuqarolar pensiyasining örtaça miqdori pasayişiga olib kelmoqda.